National Geographic kanali “Okeanlarni quritiş” loyihasi doirasida Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz vaqtida sirli tarzda yöqolgan Boeing-777 yölovçi samolyotining oxirgi onlari haqida hujjatli film suratga oldi. 

Mualliflar samolyot yönalişdan oğişgandan keyin yoqilğisi tugaşi oqibatida yuz bergan bölişi mumkin bölgan vaziyatni modellaştirişgan.

Modelga köra, samolyotning dastlab birinçi dvigateli işdan çiqqan. Şundan keyin avtopilot yon tomonga oğişni töğrilaş uçun samolyotni çap tomonga muvozanatlagan. Ikki daqiqadan söng çap dvigatel ham işlamay qolgan. Buning oqibatida samolyot spiral böylab pastga qulab, dengizga urilgan.

Malaysia Airlines’ga qaraşli Boeing 777-200 samolyoti 2014 yil 8 martga ötar keçasi 227 yölovçi va ekipajning 12 a'zosi bilan radarlar ekranidan yöqolib qolgan. Taxminlarga köra, samolyot Hind okeanining janubiy qismida halokatga uçragan. Qidiruv operatsiyasi samolyot qulagan joyni örnata olmagan.