Malayziya Vazirlar Mahkamasi Malaysia Airlines aviakompaniyasining 2014 yilda bortida 239 kişi bilan yöqolgan samolyotini qidiriş işlarini qayta tiklaşga rozi böldi. Bu haqda mamlakatning The Star gazetasi transport vaziri Entoni Loukga tayanib xabar berdi.

Qayd etilişiça, qidiruv işlarini ötkaziş taklifi dengiz tubini tadqiq etiş bilan şuğullanuvçi Amerikaning Ocean Infinity kompaniyasidan kelib tuşgan. Taşkilot 2018 yilda ham uşbu samolyotni qidirgan, ammo biror natijaga erişmagan edi.

The Star ma’lumotlariga köra, joriy yilning martida Ocean Infinity samolyot qulaşi mumkin bölgan hudud böyiça yangi dalillarni topganini ma’lum qilgan. Taşkilot Hind okeanining janubiy qismidagi 15 ming kilometr kvadrat maydonda yangi qidiruv işlarini boşlaş taklifini bildirmoqda. Loukning ta’kidlaşiça, Transport vazirligi kompaniya tomonidan taqdim etilgan yangi ma’lumotlarni örganib çiqqan va ularda «işonçli ilmoq»ni topgan.

Hozirda Malayziya hukumati va Ocean Infinity 18 oyga möljallangan şartnoma şartlarini muhokama qilmoqda. Loukning sözlariga köra, samolyot topilsa, Ocean Infinity 70 million dollar oladi.

MH370 reysi halokati

Kuala-Lumpur – Pekin yönalişida MH370 reysini amalga oşirgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti 2014 yil 7 martdan 8 martga ötar keçasi havoga kötarilganidan bir soat ötmay radarlardan ğoyib bölgan. Layner bortida 227 yölovçi va 12 ekipaj a’zosi bölgan. Taxminlarga köra, layner qulagan va uning qoldiqlari Hind okeanining janubiy tubiga ğarq bölgan. 2015 yil yanvarida Malayziya rasmiylari bortdagilarning barçasini rasman halok bölgan deb e’lon qilgan. 

Samolyot yoki yölovçilar va ekipaj a’zolarining jasadlarini topişga bölgan barça urinişlar hozirça muvaffaqiyatsiz keçgan. 120 ming kilometr kvadrat maydonda olib borilgan suvosti qidiruv işlarida qoldiqlar izi topilmagan. Turli vaqtlarda turli joylarda yöqolgan samolyotga tegişli 27 ta parça topilgan. Bundan ekspertlar maşina parçalanib ketgan degan xulosaga kelgan, biroq ular bu havoda yoki suvga urilganda sodir bölgani hamda nima sababdan yuz berganini oxirigaça aniqlay olmagan. MH370 reysi taqdiri sirligiça qolmoqda.