Ocean Infinity kompaniyasi Malaysia Airlines’ning bundan 11 yil oldin yöqolgan MH370 reysini qidiriş işlarini töxtatdi. Bu haqda Malazyziya transport vaziri Entoni Loke ma’lum qildi.
«Ular [Ocean Infinity] operatsiyani vaqtinça töxtatdi, qidiruv işlari joriy yil oxirida qayta tiklanadi», — deydi vazir. Lokening sözlariga köra, hozir qidiruv işlarini olib boriş uçun qulay mavsum emas.
Kuala-Lumpur – Pekin yönalişida MH370 reysini amalga oşirgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti 2014 yil 7 martdan 8 martga ötar keçasi havoga kötarilganidan bir soat ötmay radarlardan ğoyib bölgan. Layner bortida 227 yölovçi va 12 ekipaj a’zosi bölgan. Taxminlarga köra, layner qulagan va uning qoldiqlari Hind okeanining janubiy tubiga ğarq bölgan. 2015 yil yanvarida Malayziya rasmiylari bortdagilarning barçasini rasman halok bölgan deb e’lon qilgan.
Samolyot yoki yölovçilar va ekipaj a’zolarining jasadlarini topişga bölgan barça urinişlar hozirça muvaffaqiyatsiz keçgan. 120 ming kilometr kvadrat maydonda olib borilgan suvosti qidiruv işlarida qoldiqlar izi topilmagan. Turli vaqtlarda turli joylarda yöqolgan samolyotga tegişli 27 ta parça topilgan. Bundan ekspertlar maşina parçalanib ketgan degan xulosaga kelgan, biroq ular bu havoda yoki suvga urilganda sodir bölgani hamda nima sababdan yuz berganini oxirigaça aniqlay olmagan. MH370 reysi taqdiri sirligiça qolmoqda.
2015 yil yozda Boeing samolyotining qanot qopqoği, keyingi yillarda Afrika sohillarida havo kemasining yana 30 ga yaqin bölaklari topilgan. 2017 yilda mamlakatlar örtasidagi qöşma qidiruv işlari yangi ma’lumotlar yöqligi sababli töxtatilgan edi.
Ocean Infinity kompaniyasi 2018 yilda ham qidiruv işlarini amalga oşirgan, biroq samolyot izini topa olmagan. 2024 yil martda kompaniya yana qidiruv işlarini tiklaşni taklif qildi va dekabr oyida Malayziya hukumati bu boradagi yangi şartnomani ma’qulladi.








