Sir emaski, bugungi kunda Özbekistonda turizmni rivojlantiriş yölida mamlakatda hojatxonalar quriş masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. 3-5 oktabr kunlari Toşkent şahrining "Özekspomarkaz" maydonida bölib ötuvçi "Ipak yöli turizmi" XXIV Toşkent xalqaro turistik yarmarkasi doirasida alohida stendda hojatxona işlab çiqaruvçi beş kompaniya taqdimoti böladi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari Abdulaziz Akkulov 24 sentabr kuni  yarmarkaga bağişlangan matbuot anjumanida KUN.UZ muxbiriga şu haqida ma'lum qildi.

Abdulaziz Akkulov

"Kompaniyalar vakillari öz mahsulotlarini Özbekistonning barça hududlardan kelgan bozor mutasaddilari, yöl yoqasidagi kompleks majmualari va istirohat boğlari rahbarlari va umuman yirik savdo taşkilotlari vakillari e'tiboriga taqdim etişadi. Körgazmaning hovli qismida ularning namunalari örin olişi rejalaştirilgan. Yarmarka doirasida uşbu kompaniyalar bilan şartnomalar imzolanişi kutilmoqda", - deydi u.

Şuningdek, "Ipak yöli turizmi" yarmarkasida turizm sohasi vakillariga öz mahsulotlarini taqdim etmoqçi bölgan kompaniyalarga maydon yaratiladi. Özbekistonning sayyohlik salohiyatini oçib beruvçi guidebook'larni yaratiş taşabbusi bilan çiqqan kompaniya, futbolkalar, tarixiy obidalar ramzlari tuşirilgan mahsulotlar va qandolatçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçi kompaniyalar uçun ham maxsus burçaklar ajratiladi.

Bundan taşqari, XXIV Toşkent xalqaro turistik yarmarkasiga Gretsiyadan 15 ta turoperator alohida jalb qilingan.

"Hozir Afina-Toşkent-Afina reysini oçişga doir işlar olib borilmoqda. Yarmarka doirasida Gretsiya delegatsiyasi vakillari bilan B2B formatidagi uçraşuvlar taşkil qilinadi va kelgusi yillar uçun tegişli şartnomalar imzolanadi", - deya ma'lum qildi Abdulaziz Akkulov.