25 sentabr kuni Toşkent viloyatining Parkent tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. «Kun.uz» manbasi xabariga köra, Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov Niğmat Isroiloviç Muhamedovni Parkent tumanining yangi rahbari sifatida taniştirgan.

Niğmat Muhamedov Bekobod tumani hokimligiga ötkazilgan Ne'mat Abdullayev örnida iş boşlaydi.

Qibray tumaniga 2009 yildan buyon hokimlik qilib kelgan Niğmat Muhamedov şu yilning iyul oyi oxirida Şavkat Mirziyoyev tanqidiga uçrab, işdan olingandi. 27 iyul kuni Prezident raisligida jinoyatçilikning oldini oliş, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas'uliyatini oşiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida Qibray tumani hokimiga qöşib, uning örinbosarlari, tuman prokurori, tuman IIB rahbari, tuman xotin-qizlar qömitasi raisi va «Mahalla» jamğarmasi tuman bölimi rahbarini lavozimdan ozod etişga körsatma berilgandi.

Iyul oyi oxirida Qibray tumaniga Toşkent şahri, Yunusobod tumani sobiq hokimi, 2017 yilning avgustidan Olmaliq şahriga hokimlik qilib kelgan Miragzam Mirqosimov yangi rahbar etib tayinlandi.

Bundan avvalroq, Otabek Ubaydullayeviç Isroilov Bekobod tumani hokimi lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Oxirgi xabarlarga köra, u paxta hosilini qöşib yozgani uçun işdan olingan.