Daimler konserni boşqaruv raisi va Mercedes-Benz Cars bölinmasi rahbari Diter Tsetşe konserning kuzatuv kengaşiga rahbarlik qiliş uçun öz lavozimlaridan ketadi. Uning vazifalarini yangi işlanmalar bölimi rahbari 49 yoşli Ula Kellenius vaqtinçalik bajarib turadi.
Kontsernda uşbu özgarişlar 2019 yilda, aksiyadorlarning an'anaviy yiğilişidan keyinoq amalga oşişi ma'lum qilingan. Kelleniusning nomzodi ma'qullansa, u konsernga keyingi 5 yil rahbarlik qiladi.
Tsetşe esa 2021 yildagina kuzatuv kengaşi rahbariga aylanadi. 2 yillik tanaffus mehnat qonunçiligini buzmaslik uçun zarurdir. U bu lavozimda 76 yoşli Manfred Bişoff örnini egallaydi.
Tsetşe 1998 yildan beri boşqaruv kengaşi a'zosi hisoblanadi. 2006 yil yanvardan sobiq DaimlerChrysler AG boşqaruv raisi lavozimiga tayinlangan. Bundan taşqari, u 2005 yildan Mercedes-Benz Cars bölinmasi rahbari hisoblanadi.
Tsetşe kompaniyadagi faoliyatini 1976 yilda tadqiqotlar bölimi xodimi sifatida boşlagan.












