«Kun.uz» saytida e'lon qilingan «Rossiyaga qonuniy yöl bilan işlaş uçun ketgan mehnat migrantlari nega sarson etildi?» sarlavhali maqola yuzasidan Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tezkor tekşiruv-suriştiruv işlari olib borildi.
Agentlikning mavzu yuzasidan xulosalarida quyidagilar bayon etiladi.
«Maqolada asosiy masala sifatida fuqarolarning qonuniy yöl bilan Rossiyaga işlaş uçun ketganiga qaramay, sarson-sargardon bölib, qiyin ahvolda Özbekistonga qaytganliklari bayon etilgan.
Xususan, iş beruvçi tomonidan
- birinçidan, dastlabki şartnomada körsatilgan şartlar (kunduz 8 soatdan 3 kun, keçga 8 soatdan 3 kun iş, 3 kun dam oliş)ning bajarilmagani;
- ikkinçidan, Rossiya Federatsiyasida qonuniy işlaş huquqini beruvçi ruxsatnoma berilişining noma'lum sabablarga köra keçiktirilgani;
- uçinçidan, oğir mehnat va oğir yaşaş şaroitlari tufayli ayrim fuqarolarning iş joyini tark etib, turli joylarda sarson-sargardon bölişgani;
- törtinçidan, fuqarolarga yetkazilgan uşbu moddiy va ma'naviy zararni qoplab beriş kerakligi alohida ta'kidlanib, tegişli organlar tomonidan bu vaziyatga oydinlik kiritilişi aytilgan.
Mazkur holatni atrofliça örganiş hamda vaziyatni xolis baholaş maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bu işga taalluqli taşkilotlar va fuqarolar bilan suhbatlaşib, vaziyatga oydinlik kiritgan.
Moskva şahriga işlaş uçun yuborilgan 23 nafar fuqarodan iborat guruhga boşliq etib tayinlangan Botir Mamaşarifoviç Bagirovning sözlariga köra, Domodedovo aeroportiga yetib borişlari bilan «Yevroosiyo Mehnat resurslari» MÇJ xodimlari ularni kutib olib, qulay şaroitlarga ega avtobusda patent olgunlariga qadar yaşab turadigan şinam yotoqxonaga yetkazgan. U yerda vaqtinçalik röyxatdan ötkazib, kelgusida qilinadigan işlar haqida ma'lumot berilgan. Biroq, guruhning ayrim a'zolari ruxsatnoma oliş uçun tölanadigan pullarni bir haftaga keçiktirgani bois, ruxsatnomalar 8 kunga keçikib çiqqan. Bu vaziyatda fuqarolar özlari aybdor bölişiga qaramay, «Yevroosiyo Mehnat resurslari» MÇJ öz hisobidan ularning yana 8 kunlik yaşaş va kuniga uç mahal ovqatlaniş xarajatlarini qoplab bergan. Ruxsatnomani 2018 yil 30 iyulda olgan 13 nafar fuqaro iş beruvçining yoniga, Podolsk şahriga borişgan. Biroq, u yerda iş beruvçi tomonidan kunlik 160 rubl tölanadigan yotoq joy fuqarolarni qoniqtirmagani sababli, «Yevroosiyo Mehnat resurslari» MÇJ xodimlari şu kunning özida kunlik 220 rubl bölgan boşqa yotoq joy bilan ta'minlagan. Ertasi kuni iş beruvçining vakili kelib, 2540 rubldan avans tarqatgan va iş tartibini tuşuntirgan. Iş joyi uzoqroq bölgani uçun ularni olib borib, olib keladigan avtobus ajratilgan. Şularni inobatga olib, ularga 12 soatlik iş rejimi, ya'ni kunduzi 3 kun, keçasi 3 kun va 3 kun dam oliş taklif etilgan. Guruh faqatgina 30 iyuldan 14 avgustgaça mehnat faoliyatini amalga oşirgan. Şu vaqt oraliğida iş beruvçi guruhdagi har bir odamga 3 marta, jami 9500 rubldan avans puli bergan.
Biroq kuçli jismoniy işlarga tayyor emasligi, şuningdek, turar joy va iş vaqti qanoatlantirmagani bois, guruh tomonidan 9 avgustda iş beruvçiga şikoyat xati yozişga kelişilgan. «Yevroosiyo Mehnat resurslari» MÇJ bunga operativ munosabat bildirib, ularga yangi iş örinlarini taklif etgan. Taklifga köra, iş raqamli mayda texnikalar sexida bölib, 6/1 iş kuni uçun 30 ming rubl, normadan ortiq işlaganlik uçun yana 5 ming rubl tölanişi, iş beruvçi tomonidan qoplanadigan 6600 rublli yotoq joy, 2000 rubl turadigan yöl çiptasini beriş va karerali ösiş imkoni borligi aytilgan. Guruhning barça a'zolari mazkur işga rozi bölişgan. 15 avgustda «Yevroosiyo Mehnat resurslari» MÇJ öz hisobidan ularni yangi iş joylariga yetkaziş uçun transport ajratgan. Bugungi kunda u yerda Bagirov qatorida 10 nafarga yaqin fuqarolar işlab kelmoqda.
Biroq maqolada nomi keltirilgan Abbos Ibodullayev va yana 10ga yaqin fuqaro işga çiqişdan boş tortgan, Bagirov ular bilan bir neça bor tuşuntiriş işlarini olib borgan bölsa-da, bu foyda bermagan. «Yevroosiyo Mehnat resurslari» MÇJ xodimlari yotoqxona ma'muriyati bilan işdan boş tortgan fuqarolarni past narxlarda joylaştirişga kelişgan, ammo 22 avgustda Ibodullayev va unga hamroh yana bir neça kişi yotoqxonadagi boşqa hamrohlarini ham iş joylarini tark etiş va şikoyatnomalar yozişga tarğib etgan. «Yevroosiyo Mehnat resurslari» MÇJ xodimlari ular bilan bu borada tuşuntiriş işlarini olib boradi, fuqarolar rus tilini bilmaganliklari uçun Bagirov ularga tarjimonlik qilib turadi.
Botir Bagirov tomonidan aytilgan bu ma'lumotlar uning şaxsiy imzosi bilan ham yozma tasdiqlangan. «Yevroosiyo Mehnat resurslari» MÇJning Özbekiston Respublikasi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga yuborgan rasmiy xatida ham Bagirovning ruxsatnoma olişdagi keçikiş sabablari, işga borgan fuqarolarning jismoniy jihatdan çiniqmagani va işlaşdan boş tortişlari bilan boğliq ma'lumotlari yanada aniqroq qilib bayon etilgan. Yiğilgan uşbu ma'lumotlar va Samarqand şahridagi «Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini ketişdan oldin tayyorlaş va jönatiş markazi» direktori R.Gusev bilan şaxsan olib borilgan suhbat natijalariga köra, demak,
- Rossiya Federatsiyasida işlaş huquqini beruvçi ruxsatnoma olişning keçikişi, maqolada ta'kidlanganidek, noma'lum sabablar bilan emas, balki ayrim fuqarolarning tölov pulini vaqtida bermagani bois yuzaga kelgan;
- işga borgan fuqarolardan ba'zilarining belgilangan joydan boşqa yerda tunagani aks etgan suratlar esa ularning sarson-sargardonligidan emas, balki boşqalarni ham iş taşlaşga undagani sabab, iş beruvçilar bilan kelişmovçilikka borgani oqibati ekanligini aytib ötiş joiz. Vaholanki, ular bilan bir vaqtda ketgan boşqa fuqarolar öz işlarini sidqidildan bajargani va iş beruvçilar talablariga töla javob berganliklari uçun bunday vaziyatga tuşişmagan;
- Moskva şahridagi «Yevroosiyo Mehnat resurslari» MÇJ – «Iş beruvçi» nomidan Samarqand şahridagi «Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini ketişdan oldin tayyorlaş va jönatiş markazi» direktori R.Gusev hamda mehnat migrantlari örtasida tuzilgan mehnat şartnomasida çindan kunduz 8 soatdan 3 kun, keçga 8 soatdan 3 kun iş va 3 kun dam oliş kuni ekanligi körsatilgan. Biroq uşbu hujjatning «dastlabki mehnat şartnomasi» (maqolada havola etilgan mazkur şartnoma nomida ham bu yozib qöyilgan) ekanligi va unda keyinçalik fuqaro bilan iş beruvçi örtasida asosiy şartnoma tuzilişi va u şartnomada iş beruvçining talablariga muvofiq, dastlabki mehnat şartnomasidan farqlanuvçi özgartirişlar kiritilişi qayd etilgani inobatga olinsa, Özbekistondan mehnat migratsiyasiga yuborayotgan taşkilotning fuqarolar bilan yetarliça tuşuntiriş işlarini olib bormagani, qolaversa, şartnomada körsatilgan yuk ortuvçi va tuşiruvçi (gruzçik) işiga jismoniy jihatdan tayyor bölmagan fuqarolarni jalb etgani oydinlaşadi.
- qanday sababga köra bölmasin, davlat tomonidan xorijga işga yuborilgan fuqarolarning huquq va manfaatlari har doim nazoratga olinadi, xususan, Samarqand şahridagi «Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini ketişdan oldin tayyorlaş va jönatiş markazi» tomonidan Rossiyaga işlaş uçun borib, mehnat şartnomasi tugamasidan yurtimizga qaytgan fuqarolar – Abbos Ibodullayev va Ğanijon Ikromovga barça körgan moddiy zararlari tölab beriladi, ya'ni ularning işga ketiş uçun sarflagan xarajatlari qaytariladi. Bu haqida Vazirlikka Markaz direktori R.Gusev şaxsan xabar qildi. Şuningdek, iş joyini taşlab, noma'lum manzil böyiça Rossiyada yurgan guruhdagi 7 nafar fuqaroni hozirda izlab topiş işlari olib borilyapti, ularning qayerdaligi aniqlangaç, ular jismoniy jihatdan yengilroq işlarga joylaştirilişi bildirilgan.
Mehnat migrantlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida bugun davlatimiz rahbari va hukumati tarafidan salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham xorijda işlovçi fuqarolarimizning kafolatlangan işga ega bölişlari hamda iqtisodiy manfaatdorlik asosida yaxşi şaroitdagi iş joylarida mehnat qilişlari uçun qator yirik loyihalarni amaliyotga tatbiq etmoqda. Xususan, hozirda çet davlatlarda birin-ketin Özbekiston Respublikasi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining öz vakolatxonalari taşkil etilmoqda. Yaqindagina Koreya Respublikasining Kvandju şahrida oçilgan ana şunday vakolatxona fikrimiz dalilidir. Mazkur vakolatxonalar xorijda işlayotgan yurtdoşlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qiladi. Demoqçimizki, mas'ul davlat organlari heç qaçon özi mehnat migratsiyasi uçun xorijga yuborgan fuqarolarning taqdiriga befarq qarab turmaydi. Faqatgina ayrim şaxslarning, bu sözni keng ma'noda tuşunişlaringizni istardik, loqaydligi va şaxsiy manfaati yölida yöl qöygan xatoliklari sabab, ba'zida noxuş holatlar yoki tuşunmovçiliklar yuzaga kelişi mumkin. Şunday ekan, biror muammoni yoritişda uni atrofliça örganib, asl haqiqatni bilib, xolis suriştiruv olib borilsa, jamoatçilikda öşa masalaga nisbatan notöğri fikr şakllanmaydi», – deyiladi vazirlik axborot xizmati ma'lumotnomasida.
Şu örinda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining holat yuzasidan ma'lumotnomasiga nisbatan «Kun.uz» tahririyatining fikri haqida qisqaça töxtalişga qaror qildik.
Şuni ta'kidlaş lozimki, masala tahririyatga yöllangan murojaatga asosan har tomonlama va xolis örganilgan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasida sarson bölib, yurtga qaytgan fuqarolar bilan suhbatlaşilgan va ayni vaqtda Rossiyada bölib turganlarning audioxabarlari keltirilgan. Bundan taşqari, Samarqand şahridagi Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini ketişdan oldin tayyorlaş va jönatiş markazidan «masalaga tez kunlarda oydinlik kiritilişi» haqida izoh olingan.
Vazirlik öz ma'lumotida 23 nafar fuqarodan iborat guruhga boşliq etib tayinlangan Botir Bagirov va markaz direktori R.Gusevning bir tomonlama bergan körsatma va ma'lumotlariga tayangan, xolos.
Ammo, vazirlik vakillari suriştiruvlar jarayonida Rossiyadan qaytib kelgan va aynan tahririyatga murojaat yöllagan şaxslar bilan nega suhbatlaşmadi, ularning vajlari nega eşitib körilmadi?
Mana şu emasmi noxolislik va birtomonlama örganiş?
Ma'lumotnomada muammoni hal etiş böyiça erişilgan yutuqlar haqida söz yuritilgan. Albatta, bu yaxşi, biroq bu aynan mazkur mehnat guruhi bilan boğliq muammolar haqiqatda yuz berganini inkor etmaydi.
Tahririyat fikriga köra, vaziyatga yanada xolis baho beriş maqsadida hodisani bevosita boşidan ötkazganlar ham tinglanişi va şundan sönggina yakuniy xulosa çiqarilişi maqsadga muvofiq böladi.
Bardoşbek SAMAD öğli
«Kun.uz» muxbiri












