«Ona, tinçmisiz?» – Uruşga yuborilayotgan özbek migrantlarini kim qutqaradi?
|01:50 / 20.09.202518 1059 min
Rossiya-Ukraina uruşi boşlanişi ortidan ön minglab migrantlar uruşga jalb qilindi. Ular, huquqlari eng kam ta’minlangan qatlam ölaroq turli ayblar bilan qamoqqa olinib, bosim ostida uruşga majburan yuborilmoqda. Tahririyatga murojaat qilgan onalar farzandlari musofir yurtda qanday qilib tuzoqqa tuşib qolgani, ularning Rossiya qamoqxonalaridagi azoblari haqida sözlab berdi.
Ma’lumotlarga köra, ayni paytda Rossiya Federatsiyasining turli nuqtalaridagi qamoqxonalarda minglab özbekistonlik yoşlar jazo muddatini ötamoqda. Ozodlikdan mahrum etilgan yoşlarning aksariyati 18 — 35 yoşda. Qamoqxonadagi özbek muhojirlari mahkumlarning Rossiya tomonida turib Ukrainadagi janglarga olib ketişayotgani haqida ota-onalariga telefon qilib aytişgan. Sinovli kunlarni boşidan keçirayotgan ota-onalar farzandlarining qamoqxonalarda ming azobda jazo ötayotgani, ular qiyin şaroitda uşlab turilayotgani haqida sözlab berişdi:
Navqiron yigitlarimiz tutqunlikda
“Bir neça ming ota-onalar şu kunlarda sinovli kunlarni boşdan keçiryapmiz. Farzandlarimizni musofir yurtda tuhmat bilan qamoqxonaga tiqişdi. Ular yordamga muhtoj. Özbekiston fuqarolari, böz yigitlar 18 yoşdan 35 yoşgaça bölgan navqiron, elimizga, yurtimizga manfaati tegadigan, yordami tegadigan yoşlar hozir asirlikda, qamoqda, tutqunlikda, çorasizlikda ötirişibdi. Taşqi işlar vazirligi, Boş prokuraturaga boryapmiz. Lekin natija yöq. Agar qonunda jazo muddatini ötayotgan joyidan qaytarib olib kelişning iloji bölmasa, iltimos qilardik, bolalarimizni uruş öçoğiga olib ketişmasin. Qamoqxonada kuçli psixologik bosim ta’sirida köp yigitlar öz jonini qurbon qilyapti. Rossiya-Ukraina özaro jang qilayotgan bölsa özbek farzandlarining bunga nima aloqasi bor? Nega Rossiya Federatsiyasi bolalarimizni bu uruşga olib borib, qurbon qilyapti. Mina maydonlariga qöyib yuboryapti. Mening öğlim uruşda emas. Lekin u qamoqxonada. Kafolat bermayman öğlim uruşga bormaydi deb. Çunki juda köp yigitlar ketib qolyapti. Köplari dom-daraksiz yöqolib ketyapti. Kimlarningdir öligini olib kelişyapti tobutga solib.
Farzandi qamalab qolgan 7 000 ota-onani bilaman. WhatsApp, Telegram guruhlarda hammamiz birlaşib muhokama qilamiz, yordam izlaymiz. Bir-birimizga dalda bölamiz. Bizning boquvçilarimiz şu yoqda. Köpçilik yolğiz onalar. Qança foyda keltiradi şu bolalar Özbekistonga? Şu paytgaça foyda keltirgan. Nahotki ularni qaytarişning iloji yöq?! Uyqumizda halovat yöq, yegan-içganda halovat yöq. Har kuni Toşkent kezamiz. Qaysi eşikni taqillatsak, qaysi biri bizga oçar ekan, kim eşitar ekan bizni deb soğligimizdan ham ayrildik”, deydi hukumatdan najot kutayotgan onalardan biri.
Mavzuga oid
Öğlim oliy ma’lumotli edi
“Öğlim judayam sodda, oliy ma’lumotli edi. Çol-kampir tez-tez davolanib turamiz. Öğlim iş topa olmaganidan 2023 yil 8 yanvar kuni Rossiyaga çiqib ketdi. Uylangan, ikkita farzandi bor. Işlab yurdi, borib hujjat masalasini hal qilgandir, biletini pulini uzgandir, deb uç, tört oy pul söramadik. Oltinçi oyga ötganda kasal bölib şifoxonada yotdim. “Bolam qayt, yaramayapman, şu yerda topganingga qanoat qilib yaşaymiz. Uy işlariga ham yaramayapman, yolğizlik qilib, xotining ketib qolgan”, dedim.
Heç qança ötmay otasining oyoğini operatsiya qilişga töğri keldi. “Qaytgin, yordaming kerak”, desak, “Xöp, qaytaman, yana ozgina qoldi, işlab olay”, dedi. 11 oy davomida 2 500 dollar pul yubordi. “Otamni davolatinglar, onajon, operatsiyani men borganda qildiramiz”, dedi. “Yana ozroq işlab olay, endi işim yurişyapti”, dediyu şu bilan aloqaga çiqmay qoldi. Xavotirlana boşladim. Kunora video qilib gaplaşib turgan bola birdan yöq bölib qoldi. Qarz olib, öğlimni izlab Rossiyaga ketdim. IIBda bolam qayerdaligini topib berişdi. U qamalib qolgan ekan. Borib bolamni körib, 40 kun turib, heç narsaga erişa olmadim. Pulsiz borganman. Kimlarningdir yordami bilan amallab qaytib keldim. Yana ahvolim yomonlaşib, yana şifoxonaga tuşdim.
Davlat qöygan advokatning nomeri bor edi. Öşa orqali bilib turdim. Bolam 228-modda, törtinçi qism bilan ayblangan ekan. 2024 yil oktyabrda sudi böldi. Yana qarz olib ketdim Rossiyaga. Sudida qatnaşdim.
Öğlim Rossiyada ijaraga maşina olib elektr jihozlari “dostavka”sida işlayapman, degan edi. Menga hatto işlayotgan joyidagi öşa olib borib tuşirgan kabellarini ham jönatib qöygan videolari bor. Bolam endi men qanday ota-onamni köziga qarayman deb öziga neça marta tan jarohati yetkazib öldirmoqçi ham bölibdi. Öşa yerda bölayotgan qiyinçiliklarni ham gapirmayapti. Yonida ötirganlar orqali menga yetib kelyapti. Guruç qaynatib beryapti ekan, na tuzi bor, na yoği bor. Kartoşka qaynatib beryapti ekan, na tuzi bor, na yoği bor.
Öğlim bilan har zamon telefonda gaplaşib turibmiz. “Yaxşiman”, deydi. Lekin yiğlaydi. Ötgan yakşanba kuni telefon qilib yiğladi. “Nega yiğlayapsan, qiynalyapsanmi?” desam, qöyib qöydi telefonni.
Bolamning tişi tökilib ketgan. Buning sababini sörasam turma nazoratçilari öğlingni özi tişini suğurib oldi dedi. Qanday qilib inson özini tişlarini suğurib oladi?
Bolalarimiz Rossiyada “podstava” bilan tuşyapti. Men iltimos qilar edimki, yoşlarimiz özimizning yurtimizda ğişt quyib bölsa ham tirikçilik qilsin. Bormasin u yurtlarga, bizga öxşagan onalar köpaymasin. Qança onalar farzand doğida ado bölyapmiz. Qamoqdagi ruhiy qiynoqdan keyin uruşga ketişga ham rozi bilan ölib ketişyapti”, deydi farzandi qamalib qolgan onalardan yana biri.
Yolğiz onaman, ikki öğlim qamoqda...
“Yolğiz onaman. Bu dunyoda ikki öğlimdan boşqa yaqinim yöq. Katta öğlimni uylantirgan edim, öğlim qamalib qolganidan keyin kelin ham nevaramni olib ham ketib qoldi.
Ikki farzandim umri bino bölib, sigaret, nos çekkan bolalar emas. Hayronman, qanday qilib 228-moddaga aralaşib qoldi ular?! Öğillarim telegram gruppasida Tomskdan kurerlik işi böyiça reklamani körib iş topişgan ekan. Maşinada ikki aka-uka kurerlik qila boşlaşgan. “Bir narsani bir joydan olib borib berasan”, deb ularga lokatsiyasini taşlaganda, borişganida IIB xodimlari uşlaşgan. Ular yetkazgan buyumlar içida narkotik moddasi bölgan ekan. Şunday qilib özlari ham bilmagan holatda tuhmat bilan qamoqqa tuşib qolişdi.
15 kunda ikki daqiqa ovozlarini eşitaman. Öşanda ham, “Ona, tinçmisiz? Mabodo ozgina pul çiqara olasizmi, kartoşka, piyoz olib, ovqat qilib yesak, içlarimiz şilinib ketyapti”, deydi. Bu yerda majburlikdan köpçilik uruşga ketib qolyapti, ona”, deydi. Endi bolalarim juda köp qiyinçilik körgani uçun sabrli, çidamli. Ovozidan sezaman ular qanday qiyin holatdaligini, gapidan sezaman. Çunki ular ança-munça narsani meni avaylab aytişmaydi. Pul söraganidan bilaman ularning holatini. Yuvindi ovqat yeyişganidan pul jönatsam şu pulga özlari ovqat tayyorlab yeyişar ekan.
Kiçkina öğlim endi 20 yoşga kirdi. Kollejni tugatib, qöliga diplomini olib işlagani ketgan edi.
Jabrdiyda onalar bir-birimizga dalda bölib, telegramda guruh oçib olganmiz. Kunora “Farzandim uruşga ketib qoldi”, deb dodlab yozişadi. “Farzandimning uruşdan öligi keldi”, deb yana biri dodlaydi.
Farzandlarining ölganini bilmagan onalar qança? Son-sanoği yöq. Ikki öğlimni qiynalib boqqanman-da, qiyinçilikda. Eng alam qilgani, ota mehrini körmagan ular. “Ona, biz ham yaxşi yaşaymiz, odamlarga öxşab, endi xursand bölib, kulib yuring, ona. Böldi, endi mazza qilib uyda ötiring, biz boqamiz”, degan paytda qamalib qoldi öğillarim. Ikki bolam soppa-soğ kirib kelsa, armonim yöq. Şu farzandlarimni közlarim körsin, deyman-da.
Qamalib qolgan yigitlarning heç kimga keragi bölmasa. Qamoqda ruhiy bosim bölganidan keyin jonidan töyyapti, majbur bölyapti uruşga ketişga. “Bu kunimdan köra borib bitta öq yeb ölganim yaxşi”, deb majburlikdan ketişyapti”, deydi ikki öğli qamalib qolgan onalardan yana biri.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajçi – Sardor Mamirov.