Yangi Zelandiya boş vaziri Jasinda Ardernning BMT boş assambleyasida özining uç oylik çaqaloği Neve bilan borgani barçaning yuziga tabassum yugurişiga sabab böldi.

Foto: REUTERS/Carlo Allegri

Ardern xonim BMT Boş assambleyasida emizikli bolasi bilan qatnaşgan birinçi ayol böldi. Siyosiy rahbarlik lavozimida turib farzandli böliş esa oldinroq faqat Pokistonning maşhur boş vaziri Benazir Bxuttoga nasib etgan.

Mamlakat rahbarlari orasida yoş bolalilar köp topilmasa ham, siyosatçilar orasida bunday ayollar talaygina. Keling, ularning ba'zilari bilan tanişsak.

Foto: Temmi Dakuort

1. Temmi Dakuort. Amerikalik senator. Surat 2018 yilning 18 iyunida olingan. Uşbu senator Donald Trampning migratsion siyosatiga qarşi namoyişda qatnaşmoqda.

Foto: Yuka Ogata

2. Yuka Ogata. Yaponiyaning Kumamoto şahar assambleyasi a'zosi taşkilot majlisida 7 oylik farzandi bilan qatnaşmoqda.

Foto: Jyutti Guteland

3. Yevroparlamentning şvetsiyalik vakilasi Jyutti Guteland farzandi bilan ovoz beriş jarayonida. 2017 yil, 14 mart. Strasburg, Fransiya.

Foto: Jyutti Guteland

4. Yana Guteland xonim. Biroq bu Yevroparlamentning boşqa yiğilişi.