BMT Boş assambleyasida qilgan çiqişida Gruziya boş vaziri Mamuka Baxtadze Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisiga murojaat yölladi. Uning ma'lum qilişiça, mamlakati kelajagi - respublikalar bilan birga. Bu haqda RIA «Novosti» boş vazir matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Baxtadzening ma'lum qilişiça, Gruziya tomoni mintaqalar mustaqilligi böyiça bahsni «suverenitet, hududiy yaxlitlik, inson huquqlarini himoya qiliş, xalqaro huquq tamoyillariga hurmat prinsiplari asosida» hal qilmoqçi.

«Bugun men şu minbardan turib Abxaziya va Osetiyadagi vatandoşlarimizga murojaat qilmoqçiman. Gruziyaning har bir yutuği - sizning yutuğingiz... Biz kelajagimizni faqat sizlar bilan birga köryapmiz», - dedi Baxtadze.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisi Gruziya fuqarolarida bor bölgan barça eng yaxşi narsalardan foydalaniş imkoniga ega bölişi kerak - ta'lim, tibbiyot, Yevropa ittifoqi bilan vizasiz rejim.

«Men yana bir marta Rossiyaga murojaat qilmoqçiman - bizning tinç taşabbuslarimizga tösqinlik qilmang va xalaqit bermang», - deya ma'lum qildi Baxtadze.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Osetiya rahbari Gruziya bilan muloqot uçun şartini aytgandi.