Niderlandiyadagi Amsterdam universiteti olimlari juda kuçli magnit maydoniga ega bölişiga qaramasdan, relyativistik plazma oqimlarini çiqarib yuboruvçi noyob neytron yulduzni aniqlaşdi. Zamonaviy nazariy modellarga köra, jyetlar zaif magnit maydoniga ega yulduzlarda paydo bölişi mumkin. Bu haqda Science Alert naşri xabar bermoqda.
Neytron yulduzi Yerdan 24 ming yoruğlik yili uzoqlikdagi Swift J0243.6+6124 qöşaloq sistemada joylaşgan. Kompakt obekt yonida joylaşgan yirik yulduzdan modda akkretsion diskni hosil qilib, sönggisiga ötadi. Neytron yulduzning qutblaridan yoruğlik tezligiga yaqin tezlikka erişuvçi ionlaşgan zarralar oqimi çiqariladi.
Jyetlar qora tuynuklar, oq mittilar va boşqa neytron yulduzlarni öz içiga tortib oluvçi, kompanon moddalarni singdiruvçi köplab obektlarda aniqlangan. Şu bilan birga, ular kuçli magnit maydoniga ega yulduzlarda kuzatilmagan va u oqimlarning şakllanişiga tösqinlik qiladi, deb hisoblangan.
Olimlar Swift J0243.6+6124’dan radionurlanişni qayd etişdi, u boşqa öziga öxşaş jismlardan 100 barobar kuçsizroq bölgan jyetlar mavjudligini körsatadi. Şu bilan birga, neytron yulduzning magnit maydoni Quyoşnikidan 10 trillion marta kuçliroq. Bu esa, kuçli maydon diskni itarişi haqidagi, relyativistik oqimlarning magnitli bostirilişi böyiça gipotezani rad etadi. U neytron yulduzga yetarliça yaqin bölişi lozim, şunda jyet şakllanişi mumkin. Olimlarning fikriça, Swift J0243.6+6124 bilan boğliq holatda oqimlar diskning katta aylaniş energiyasi tufayli şakllanadi, ammo bu taxminni tekşiriş kerak.












