27 sentabr kuni Angren şahrida Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan - “Dunyoda muallim bölmasa agar, hayot ham bölmasdi bu qadar gözal” deb nomlangan bayram tadbiri bölib ötdi.
Uşbu bayram tadbiri turli uçraşuv va qiziqarli dasturlarga boy böldi. Xususan, tadbirda köp yillik tajribaga ega faxriy öqituvçilar, sohadagi faoliyati davomida yuqori körsatkiçlarga erişayotgan ustoz va murabbiylar, yoş pedagoglar taqdirlandi.


Tadbirda Toşkent viloyati Xalq ta'limi boşqarmasi, şahar hokimligi, siyosiy partiyalar deputatlari, sohada köp yillik tajribaga ega faxriy ustoz va murabbiylar, umumiy örta ta'lim maktablarining ilğor öqituvçilari hamda jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Unda 2017-2018 yilgi öquv mavsumida Angren şahar Xalq ta'limi bölimiga qaraşli umumiy örta ta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan öqituvçi va murabbiylar tomonidan köplab yutuqlarga erişilayotgani qayd etildi.


Öqituvçilarning samarali mehnatini öquvçilar qayd etayotgan natijalarda ham köriş mumkin. Jumladan, uşbu öquv yili davomida 24 nafar maktab öquvçilari fan olimpiadalarining Toşkent viloyat bosqiçida ğolib çiqib, respublika yöllanmasini qölga kiritişdi. Maktab öquvçilari örtasida ötkazib kelinayotgan “Bilimlar bellaşuvi” tanlovida esa 12 nafar öquvçi respublika bosqiçi yöllanmasiga ega böldi.
Şuningdek, Innovatsion olimpiadalarning respublika bosqiçida angrenlik 3 nafar öquvçilar muvaffaqiyatli qatnaşdi.











