Qozoğistonning nur.kz yangiliklar sayti jurnalisti Irina Beketovani öldirganlikda gumon qilingan şaxs qölga olindi. Bu haqda Qozoğiston içki işlar vazirligi vakili Almas Sadubayev ma'lum qildi. 
 
Avvalroq 37 yoşli jurnalist Ostonada öldirib ketilgani, qotillikda 34 yoşli erkak gumon qilinayotgani va uni uşlaş böyiça çoralar körilayotgani ma'lum qilingandi. Ayolning jasadi döpposlanganlik alomatlari bilan uyi pod'yezdida aniqlangan.     

“Gumonlanuvçi qarşilik körsatmadi, qoçişga urinmadi, politsiyaçilar uni qöqqisdan uşlaşgan”, deb qöşimça qilgan Sadubayev.

Gumonlanuvçi Anatoliy Guseynov jurnalist bilan yaqin munosabatlarda bölgan, biroq rasman turmuş qurmagan bölgan. Ularning ikki nafar umumiy farzandi bölgan. Ta'kidlanişiça, Guseynov Beketovani boşqa erkak bilan pod'yezdda uçratganda, raşk qilib ayolni öldirgan.

Marhumaning ortidan 4 nafar farzandi qolgan.