Qozoğiston poytaxti Ostonada NUR.KZ yangiliklar saytining jurnalisti Irina Beketova öldirib ketildi.

Jurnalistning öldirilişi sababi va tafsilotlari aniqlaştirilmoqda. Ayolning ortidan u yolğiz tarbiyalagan 4 nafar norasida farzandi va keksa ota-onasi qolgan. 

Irina Beketova

“Ostona politsiyasi tomonidan 34 yoşli ostonalik erkak 37 yoşli  ayolning soğliğiga ölimga olib kelgan oğir jarohatlar yetkazgani örganilgan. Gumonlanuvçini uşlaş böyiça barça çoralar körilmoqda. Tegişli ekspertizalar belgilangan. Sudgaça tergov ötkazilmoqda”, deb ma'lum qilingan Ostona içki işlar departamentida uşbu qotillik yuzasidan. 

“Biz bu fojiali voqeadan karaxt holga tuşdik va hamkasbimizning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. NUR.KZ jamoasi siz bilan birga qayğuda. Öz tomonimizdan Irinaning oilasiga moddiy yordam körsatamiz”, deb aytgan sayt direktori Quvvat Baxridinov.