Rossiyalik taniqli dizayner, sayohatçi, işbilarmon Artemiy Lebedev Özbekistonga kelmoqda.

U özining Telegram-kanalida bu haqida xabar yozib qoldirgan.

«Iş yuzasidan va etnografik taşrif bilan Özbekistonga otlanmoqdaman. Sayohat dasturimda Toşkent, Urganç va Xiva bor. Restoranlar, kafe-barlar, mehmonxonalar, e'tiborga molik osori atiqalar va hokazolar borasida takliflarni qabul qilişga tayyorman», deb yozgan u öz kanalida.

Eslatib ötamiz, u «Artemiy Lebedev studiyasi» asosçisi, hammuassisi va boş direktori ham hisoblanadi. Şuningdek, «A-kvadrat», «Artografika» studiyalari asosçisi hamdir. «Reklama.Ru» internet reklama agentligi asosçisi.

Artyom Lebedev 2002 yilda ham Toşkentga kelgan va bu taşrifni öz blogida yoritgan.

Şuningdek, u BMTga a'zo barça 193 davlatga borib çiqqani bilan ham maşhur.