Sport | 11:49 / 01.10.2018
10446
2 daqiqa o‘qiladi

Maradona Messiga Argentina terma jamoasidan butunlay bosh olib ketishni maslahat berdi

Argentina termasi afsonasi Diyego Maradona jamoa sardori Lionel Messiga xalqaro faoliyatini yakunlashni maslahat berdi, deb xabar berdi Goal. Eslatib o‘tamiz, «Barselona» yarimhimoyachisi Argentina futbol federatsiyasidan 2019 yil oxiriga qadar o‘zini terma jamoaga chaqirmay turishlarini so‘ragan.

«Men Messiga umuman termaga qaytmaslikni maslahat bergan bo‘lardim. Terma jamoada hamma narsaga uni aybdor qilishadi. Hatto yoshlar termasi mag‘lub bo‘lsa ham...

Biroz o‘zni chetga olib, hammasi uchun javobgarlikni kim bo‘yniga olishini kuzatib turadigan vaqt keldi. Argentina terma jamoasi ortiq meni ruhlantirmay qo‘ydi. Bu hammaga taalluqli. Biz kuchli shijoatni yo‘qotib qo‘ydik», - deya ta'kidlagan Maradona.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Messi Argentina terma jamoasining sentabr oyida bo‘lib o‘tgan Gvatemala (3:0) va Kolumbiyaga (0:0) qarshi uchrashuvlariga jalb etilmagan, avvalroq oktabr oyidagi Iroq va Braziliyaga qarshi bahslarga ham chaqirilmasligi ma'lum bo‘lgan edi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid