«Real» klubining sobiq boş murabbiyi Zinedin Zidan «Yuventus»da rahbarlik lavozimiga tayinlanişi mumkin.

Tuttosport tarqatgan ma'lumotga köra, «Yuve» rahbariyati 46 yoşli mutaxassisni klub boş direktori lavozimiga tayinlaş haqida boş qotirmoqda. Eslatib ötamiz, amaldagi boş direktor Juzeppe Marotta 25 oktabrda öz lavozimini tark etişini e'lon qilgan.

Avvalroq Marotta «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli bilan kelişa olmayotgani bois işdan ketişi haqida aytgani xabar qilingan edi.

Manbada qayd etilişiça, ayni paytda klub tizimida işlayotgan Pavel Nedved va Fabio Paratiçi, şuningdek, Italiya futbol federatsiyasining amaldagi ijroçi direktori, UYeFA vitse-prezidenti Mişel Uva ham «keksa sinora»da boş ijroçi direktor lavozimiga nomzodlar orasidan joy olgan.

Eslatib ötamiz, keça Zinedin Zidan «Mançester Yunayted» bilan muzokaralarga kirişgani ma'lum qilingan, ammo klub bu xabarni rad etib çiqqan edi.

Ma'lumot örnida, fransiyalik mutaxassis 1996-2001 yillar mobaynida «Yuventus» safida töp surib, ikki karra Italiya çempioni bölgan. Şundan söng u 2001 yilda öşa vaqtda jahon rekordi bölgan summa – 77 million yevro evaziga «Real»ga ötgan.