Bugun, 4 oktabr kuni Toşkent şahrining Çilonzor va Yakkasaroy tumanlariga yangi hokimlar tayinlanadi. «Kun.uz»ning Toşkent şahri hokimligidagi manbasi tasdiqlaşiça, Yakkasaroy tumani hokimi Sarvar Mahametov Çilonzor tumani hokimi lavozimiga ötkaziladi.
Yaqin vaqt içida Xalq deputatlari Çilonzor tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida tumanning yangi rahbari lavozimga tasdiqlanadi.

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Mahametov yangi lavozimda bundan oldinroq Toşkent şahri hokimining Arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga ötkazilgan Davron Hidoyatov örnida iş boşlaydi.
Sarvar Mahametov 2016 yildan buyon Yakkasaroy tumani hokimi edi. Undan oldinroq esa Toşkentning boşqa bir tumani - Bektemirni boşqargan.
Öz navbatida Mahametovdan böşagan öringa - Yakkasaroy tumani hokimligiga ham bugun yangi rahbar tayinlanişi kutilmoqda.
Bundan avvalroq Toşkent şahrining sobiq hokimi Rahmonbek Jahongiroviç Usmonov Yunusobod tumaniga yangi hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.







