Toşkent şahar hokimligida bir qator yangi tayinlovlar amalga oşirildi.
Çilonzor tumani hokimi Davron Hidoyatov Toşkent şahri hokimiga örinbosar böldi.
Toşkent şahar hokimligi Matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar qilişiça, Davron Abdulpattaxoviç Hidoyatov Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
U bu lavozimda Nodirjon Ergaşeviç Maksumovning örnida iş boşlaydi.
Davron Hidoyatov 1976 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1998 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001 yilda Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Köp yillar Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi sifatida işlagan Hidoyatov 2017 yilning aprelida lavozimdan olinib, Çilonzor tumani hokimligiga tuşirilgandi.
Şu yilning iyunida u Toşkent şahridagi barça tumanlar hokimlari bilan bir kunda işdan olinib, hokim vazifasini bajaruvçi sifatida lavozimga qayta tayinlangandi.
Ayni vaqtda Çilonzor tumaniga kim yangi hokim bölgani töğrisida ma'lumot yöq.
Toşkent şahri hokimligida ötkazilgan yiğilişda yana bir tayinlov amalga oşirilgan.
Hayot Ilyasoviç Inoğamov Toşkent şahar hokimi örinbosari – Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan.
Bunga qadar Hayot Inoğamov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Tashkent City» xalqaro işbilarmonlik markazi Direksiyasi davlat unitar korxonasi direktorining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.
U 1986 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 2008 yilda Toşkent avtomobil va yöllar institutini tamomlagan.
Bundan avvalroq Markaziy bank raisi örinbosari Şerzod Rafatoviç Xadjizadayev Qahramon Aripov örniga Toşkent şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangani

















