7 oktabr kuni Argentina poytaxti Buenos-Ayres şahrida III ösmirlar yozgi Olimpiya öyinlarining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.

Tantanali marosim Buenos-Ayresning maşhur «Obelisco» maydonida taşkil etildi. Marosimning kiriş qismidan söng, iştirokçi mamlakatlar bayroqdorlari çiqib kelişdi. Özbekiston sport delegatsiyasida erkin kuraşçi Muhammadrasul Rahimov bayroqdor vazifasini bajardi.

Foto: Anvar Ilyasov

«Tadbir davomida yiğilganlar ajoyib lazer şou guvohiga aylanişdi. Akrobatçilar esa özlarining murakkab çiqişlari bilan barçaning olqişiga sazovor bölişdi. Ular sportçilarga xos iroda, qiyinçiliklarga qaramay ğalabaga bölgan intilişni namoyiş etib berişdi. Marosim uçun maxsus dastur işlab çiqilgan edi. Bir söz bilan aytganda Argentina öyinlarga yuqori saviyada tayyorgarlik körgani ma'lum böldi», deyiladi Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabarida.

Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov

Xalqaro olimpiya qömitasi bayroği kötarilganidan söng ösmirlar Olimpiya öyinlariga rasman start berildi. Bugun özbekistonlik sportçilar musobaqada bahslarga kirişadi.

Öyinlarning birinçi kunida quyidagi sportçilar Özbekiston şarafini himoya qilişadi:

Akademik eşkak eşiş