Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) 2019 yilda Özbekiston iqtisodiyoti ösiş prognozini 5 foizlik darajada saqlab qoldi. Bu haqda jahon iqtisodiyotining oktabr oyi tahlilida aytiladi (World Economic Outlook, WEO).

Aprel oyi prognozida Xalqaro valyuta jamğarmasi respublika iqtisodiyoti 2018 yilda 5 foizga, 2019 yilda ham şunça foizga ösişi haqida yozgandi. Prognoz özgargani yöq.

MDH mamlakatlari iqtisodiyotida 2018 yilda XVJ 2,3 foiz, 2019 yilda esa 2,4 foizlik ösişni kutmoqda. Rossiyani hisobga olinmaganda, joriy yilda MDH mamlakatlari yalpi içki mahsuloti 3,9 foizlik darajada ösadi (avvalroq 3,6 foizga ösişi kutilgandi), 2019 yilda - 3,6 foiz (0,1 foiz punktiga pasayiş).

Jahon bankining baholaşiça, 2018-2019 yillarda jahon iqtisodiyoti ösişi, aksinça, past böladi - 3,9% örniga yillik 3,7%.

Prognozning pasayişi şakllanayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlarga tegişli böldi: 2018 yilda YaIM ösişi 4,7 foizni taşkil etadi (ilgari 4,9 foizga baholangandi), 2019 yilda - 5,1 foiz örniga 4,7 foiz.

Rivojlangan mamlakatlarda YaIM ösişi prognozi 2018 yilda özgarişsiz qoldi - 2,4%, 2019 yilda prognoz 0,1%ga kamaydi - 2,1%.

Eslatib ötamiz, avvalroq XVJ Özbekistonga alohida banklarni xususiylaştirişni tavsiya qilgandi.