Fransiyaning eng katta qidiruvdagi jinoyatchisi Reduan Faid o‘tgan hafta hibsga olingan, u deyarli uch oy qochib yurgan. 

"Men Google'dan axloq tuzatish muassasalarini o‘chirishga doir choralar ko‘rishni so‘radim, hozircha bunga hech qanday javob berilmadi", - dedi Bellube radiotantsiyaga bergan intervyusida. Vazir bunday muassasalarning xaritada ko‘rsatilishini to‘g‘ri deb hisoblamasligini qo‘shimcha qilgan. 

Ta'kidlash joizki, Faid 1 iyul kuni Parij ostidagi Sena va Marna departamenti qamoqxonasidan qochib ketgan. U axloq tuzatish muassasasini Belgiyada ro‘yxatdan o‘tgan vertolyotda tark etgan. Keyinchalik vertolyotni Parijning boshqa chekkasida yonib ketgan holda topishdi. Besh yil avval ham Faid qamoqxonadan qochishning uddasidan chiqqandi. O‘shanda u qamoqxona devorini portlatib, muassasaning bir necha xodimini garovga olgandi.