Özbekistonda tadbirkorlik bilan şuğullaniş uçun barça qulay şaroitlar yaratilgan. Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarida ularning huquqlari imtiyozlar, yengilliklar bilan taqdim etib borilmoqda. Berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib faoliyatini kengaytirayotgan, yangi iş örinlari yaratayotgan tadbirkorlarning soni kundan kunga köpaymoqda. Biroq afsuski, mamlakat iqtisodiyotining yanada mustahkamlanişiga hissa qöşişdan köra özining çöntagini qappaytirişni öylovçi "tadbirkorlar" ham uçrab turibdi.
Masalan, Samarqand şahar, Şabot köçasi 70-uyda fuqaro S.P. davlat röyxatidan ötmasdan un qadoqlaş sexi taşkil qilgan. Kamiga uddaburon tadbirkor Qozoğistonning “Dani-nan” brendi tuşirilgan 2 va 5 kilogrammlik qoplarga qadoqlab sotişni yölga qöygan.
Ötkazilgan nazorat tadbiri davomida uşbu fuqarodan 20 turdagi 139 million 21 ming sömlik tayyor va yarim tayyor un mahsulotlari daliliy aşyo sifatida vaqtinçalik olib qöyildi.
Şuningdek, Urgut tumani, Jartepa mahallasida joylaşgan savdo dökonida fuqaro A.S. davlat röyxatidan ötmasdan alkogol va salqin içimliklar savdosi bilan şuğullangan. Fuqarodan 6 million 799 ming 300 sömlik mahsulotlar daliliy aşyo sifatida vaqtinçalik olib qöyildi.
"Samarqand viloyati davlat soliq boşqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi tomonidan tadbirkorlarga soliqqa oid huquqbuzarliklarga yöl qöymaslik maqsadida doimiy ravişda profilaktik suhbatlar ötkazib kelinmoqda, - deydi bölim boşliği Şamil Mutalibov. - Birgina joriy yil oktabr oyining 5-sanasiga qadar 15 nafar röyxatdan ötmasdan faoliyat yuritayotganlar aniqlandi".
Tadbirkorlar şuni unutmasliklari lozimki, bugun tadbirkorlik faoliyati bilan qonuniy şuğullaniş istagida bölgan fuqarolar uçun barça imkoniyatlar mavjud. Noqonuniy faoliyatning oldini oliş esa doimiy nazoratda. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.












