2018 yilning yanvaridan iyunigaça Google foydalanuvçilar ma'lumotlarini taqdim etiş borasida davlat organlaridan 60 mingga yaqin murojaatlar qabul qildi. Bundan kompaniya tomonidan e'lon qilingan statistik ma'lumotlar darak bermoqda. Bu 2017 yilning şu davriga nisbatan 18%ga köpdir.

Turli mamlakatlardagi davlat idoralari jami 126 ming foydalanuvçi akkaunti böyiça ma'lumot taqdim etişni söraşgan (ötgan yilning şu davriga nisbatan 52 foizga köp).

Eng köp sörovlar Qöşma Ştatlardan kelib tuşgan (20,9 ming kişi), ularning 82 foizi qanoatlantirilgan. Ikkinçi örinda Germaniya (7,4 ming - 60 foiz), uçinçi - Fransiya (6,2 ming - 62 foiz).

Google har bir olti oyda davlat organlaridan foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlariga oid sörovlar miqdori böyiça ma'lumotlarni e'lon qilib boradi. Kompaniya 2011 yilning birinçi yarmida uşbu ma'lumotni ilk bor e'lon qilgan va avvaliga faqat foydalanuvçilar hamda akkauntlar sonini oşkor qilgan.

Statistikaga köra, Özbekiston davlat organlari Google’ga bir marta ham murojaat qilmagan. Markaziy Osiyodan buni qilgan yagona davlat - Qozoğiston, u 5 marotaba sörov yuborgan va ularning bariga rad javobi berilgan. Sönggi marta 2016 yilda.

Google’dan foydalanuvçi haqida ma'lumotni oliş uçun davlat organi qonun bilan nazarda tutilgan hujjatni: sudga çaqiriq qoğozi, sud qarori yoki tintuv qilişga orderni taqdim etişi şart.