KUN.UZ tahririyati “Sog‘lom hayot” loyihasi davomida bugungi kunda ko‘p uchrayotgan kasalliklar to‘g‘risida ma'lumot berishda davom etadi. Bugun, 11 oktabr - butunjahon semizlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan semizlik kasalligi haqida atroflicha ma'lumot beramiz. Xo‘sh, semizlik qanday kasallik o‘zi? Uning kelib chiqish sabablari, tashxis va davolash usullari qanday?
O‘tgan yarim asr davomida semiz bemorlarning soni uch barobarga oshdi. Bugungi suhbatdoshimiz akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi endovizual xirurgiya bo‘limi xirurgi Nabijon Sadikov.
Video: TasIX
Video: YouTube
Semizlik va uning turlari haqida
To‘qimalar va organlarda ortiqcha yog‘ borligi semizlik deyiladi. Bu kasallik tana vazni normadan 20 foiz va undan ko‘pga oshib ketishi bilan namoyon bo‘ladi.
Semizlikning 3 ta turi mavjud: birlamchi, gipotalamo va endokrin semizlik. Birlamchi semizlik tez-tez ortiqcha yegulik yeyish bilan va zarur jismoniy faoliyat yo‘qligi bilan rivojlanadi. Gipotalamo semizlikda miyaning gormonlar ishlab chiqarishi buzilganida rivojlanadi. Endokrin semizlik organizmdagi bezlar buzilishi fonida shakllanadi.
Semizlik nimadan kelib chiqadi?
Eng keng tarqalgan sababi - ortiqcha ovqat iste'mol qilish tufayli ovqatlanish xulq-atvori buzilganligi bo‘ladi. Organizmga kirib kelgan kaloriyalar kundalik jismoniy faoliyat jarayonida yoqilib ketadi, yonmagan kaloriyalar esa ko‘pincha yog‘ to‘qimalarida saqlanadi.
Bundan tashqari, semirib ketishning bir necha sabablari bor: kam harakatli hayot tarzi, antidepressantlar va gormonlar ichish, jismoniy ahvoli (homiladorlik, emizish, jismoniy salohiyat kamayishi), genetik moyillik.
Semizlikka olib keluvchi eng muhim sabablar

















