«Toşşahartransxizmat» kompaniyasi 13 oktabrdan boşlab 2008-2009 yillarda işlab çiqarilgan Mercedes-Benz Low Floor markali barça yölovçi avtobuslaridan foydalanişni töxtatadi. 

«Toşşahartransxizmat» rahbari Mohir Valiyev mazkur turdagi avtobusda navbatdagi marta yonğin kelib çiqqani tufayli yölovçilar taşiş xavfsizligini ta'minlaş maqsadida bu qarorni qabul qildi.

Eslatib ötamiz, 12 oktabr 95-sonli yönalişda harakatlanuvçi avtobus motor bölmasida yonğin yuzaga keldi. Jarohat olganlar yöq.

«Toşşahartransxizmat» kompaniyasining ta'kidlaşiça, mutaxassislar ta'mirga muhtoj avtobuslarni va uşbu hodisa uçun javobgar şaxslarni aniqlaş hamda ulardan yetkazilgan zararni qoplaş uçun kerakli çoralar köradi.