Özbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktabr holatiga 33085,2 ming kişini taşkil etib, yil boşiga nisbatan 428,5 ming kişiga yoki 1,3 %ga ösgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar berdi.
Jumladan, şahar aholisi soni 16728,2 ming kişini (jami aholi sonidagi uluşi 50,6%), qişloq aholisi soni 16357,0 ming kişini (49,4%) taşkil etdi.
Respublika hududlari kesimida tahlillar şuni körsatdiki, 2018 yil 1 oktabr holatiga eng köp aholi soni Samarqand viloyatida 3777,8 ming kişini (respublika aholisi sonidagi uluşi 11,4%ni) va Farğona viloyatida 3665,6 ming kişini (11,1%), aksinça eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 825,8 ming kişini (2,5%) va Navoiy viloyatida 969,7 ming kişini (2,9%) taşkil etdi.
Hududlar kesimida aholining eng yuqori ösiş sur'ati 2017 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,2%ni, Samarqand viloyatida 2,1%ni, Qaşqadaryo viloyatida 2,0%ni, Jizzax va Namangan viloyatlarida 1,9%ni va Toşkent şahrida 1,8%ni, aksinça eng kam ösiş sur'ati Toşkent viloyatida 1,2%ni va Qoraqalpoğiston Respublikasida 1,4%ni taşkil etdi.












