«Real» hujumçisi Garet Beyl Madridda qoladi. Sunday Express naşri klub rahbariyati futbolçi bilan kelişib olgani haqida xabar tarqatgan.

Avvalroq madridliklar klubi uşbu uelslik futbolçisini kelgusi yilning yozida sotişni rejalaştirgani töğrisida xabarlar tarqalgandi.

Sunday Express naşri keltirgan ma'lumotga köra, «Qirollik klubi» rahbariyatining yiğilişlaridan birida 29 yoşli futbolçining kelajagi masalasi muhokama etilgani, futbolçi özidan kutilgan darajada öyin körsata olmayotgani tufayli, uni sotişga qaror qilişgani haqida aytilgandi.

Öz navbatida «Çelsi» klubi yarimhimoyaçisi Eden Azarni aynan Beyl bilan almaştirişga tayyor ekani xabar qilingan edi.

Beyl «Real» safida 2013 yildan buyon töp surib kelmoqda. U «qaymoqranglilar» jamoasi safida bir marta Ispaniya çempioni bölgan va 4 marta YeÇL ğolibiga aylangan.

Joriy mavsumda Beyl klub safida barça turnirlar doirasida 9 uçraşuvda maydonga tuşdi va 4 gol urib, 3 golga uzatma berdi. Ayni vaqtda u navbatdagi jarohatini davolamoqda.