Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Toşkent viloyatiga taşrifi yakunida viloyatdagi 5 tuman hokimi ikki oylik maoşidan mahrum qilingan. Bu haqdagi ma'lumotni «Kun.uz» manbalari tasdiqlaşdi.
Şavkat Mirziyoyev 12 oktabr kuni Toşkent viloyatiga taşrifi davomida Böka tumani hududidagi «Valixon ota» fermer xöjaligi dalasida bölib, paxta terimini közdan keçirgandi. Prezident şu yerda viloyat fermerlari va qişloq xöjaligi mutasaddilari bilan suhbatlaşgan.
Muloqotda fermerlarga öz mehnati samarasini köriş vaqti kelgani, hosilni yoğinli kunlarga qoldirmay yiğib oliş zarurligi ta'kidlangandi.
Prezident taşrifi davomida qator kamçiliklar aniqlangan. Ayrim davlat amaldorlarining faoliyati tanqidga uçragan.
13 oktabr kuni Toşkent viloyati hokimi farmoyişi asosida 5ta tuman hokimi - Böka (Nömonali Izbosarov), Pskent (Şuhrat Ahmedov ), Bekobod (Ne'mat Abdullayev, u şu yilning 25 sentabrida tumanning yangi hokimi sifatida iş boşlagan), Yangiyöl (Abduqahhor Töxtaboyev) va Çinoz tumanlari hokimlari ikki oylik maoşlaridan mahrum qilingan. Manba ma'lumotiga köra, bunday qaror hokimlar paxta xomaşyosini yiğib oliş işlarida sustkaşlikka yöl qöyişgani uçun qabul qilingan.
Bundan taşqari, hokimlar agar vaziyat tuzatilmasa, işdan olinişi mumkinligi haqida ham ogohlantirilgan.












