Rossiyalik yakkakuraş jangçisi Xabib Nurmagomedov öz vaqtida Ukraina fuqaroligini olmoqçi bölgan. Bu haqda uning amakisi Aleks Nurmagomedov “Sport-Ekspress” naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Xabib Ukraina fuqaroligini olişi uçun imkoni bor işni qilganmiz. Biz Ukraina va uning xalqini qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Aytişim mumkinki, bundan yaxşiroq xalq yöq. Tuğilgan joying vataning, deyişadi. Biroq meningça, senga yaxşi bölgan joy vatandir. Biz Xabibning Ukraina uçun iştirok etişini rejalaştirgandik, biroq buning uddasidan çiqa olmadik”, deb aytgan Nurmagomedovning amakisi.
Uning aytişiça, Xabib unga Ukraina fuqaroligi rad etilganidan ranjigan. “U nima uçun pasport berilmayotgani haqida söraganda, buni bilmasligimni va heç narsa qila olmasligimni aytganman. U birinçi janglariga Poltavadan uçgan. Kiyevdagi “Combat-DOBRO” klubi uçun iştirok etgan. Poltavadan Xabibni Rossiyaga jönatganmiz”, deb qöşimça qilgan sportçining amakisi.
Ta'kidlanişiça, Xabibning otasi Abdulmanop Nurmagomedov harbiy xizmatni Ukrainada ötagan. Söngra ukrainalik murabbiy Petr Butriy qölida dzyudo bilan şuğullangan hamda dzyudo va sambo böyiça Ukraina çempioni bölgan. Xabibning amakisi Aleks Nurmagomedov esa hozirda Ukrainaning Poltava şahrida yaşaydi.








