2018 yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga köra, respublikada taşqi savdo aylanmasi 23 044,7 mln. AQŞ dollarini taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 17,2%ga ösdi. 

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, eksport hajmi 9 367,6 mln. AQŞ dollarga (0,4%ga kamaygan) va import hajmi 13 677,1 mln. AQŞ dollariga (ösiş sur'ati 33,3%) yetdi. Taşqi savdo saldosi minus 4 309,5 mln. AQŞ dollarini taşkil qildi.

2018 yil yanvar-sentabr oylarida taşqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining uluşi ötgan yilning şu davriga nisbatan 4,9% oşdi va 38,6%ni taşkil etdi.

Boşqa xorijiy davlatlarning respublika taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 66,3%ni taşkil qilgan bölsa, joriy yilning uşbu davrida esa taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 61,4%ga tuşdi.

2018 yil yanvar-sentabr oylarida eksport hajmi 9 367,6 mln. AQŞ dollarga (0,4%ga kamaygan) teng böldi. Eksport tarkibida tovarlarning uluşi 75,9%ga ega bölib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (20,2%), oziq-ovqat mahsulotlari (8,8%), şuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,3%) guruhlari hissasiga töğri kelmoqda.

Xizmatlar eksporti hajmi 2257,3 mln. AQŞ dollarini yoki jami eksport hajmining 24,1%ini taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 21,9%ga ösganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy uluşi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari, moliyaviy xizmatlaridan iborat.

Respublikadan eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga töğri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 37,1%ini taşkil qiladi. 

Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibiga nazar taşlansa, asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat ekanligini köriş mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda xorijiy kapital iştirokidagi korxonalar soni aytilgandi.