Yoşlar har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatda özgarişlarga sabab böladigan, bunyodkorlik ğoyalarini hayotga tatbiq etuvçi muhim kuç, salohiyatli resurs hisoblanadi. Albatta, yoşlarni ijtimoiy, ma'naviy va moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, huquq hamda majburiyatlarini tölaqonli röyobga çiqarişga kömaklaşiş, jamiyatda munosib örin egallaşlariga qulay şaroit yaratiş orqali ularni yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvçi katta kuçga aylantiriş Özbekiston yoşlar ittifoqi zimmasidagi eng muhim vazifalardan sanaladi.

Foto: Özbekiston yoşlar ittifoqi

Joriy yilning 15 oktabr kuni poytaxtimizdagi Yoşlar ijod saroyida Özbekiston yoşlar ittifoqi taşabbusi bilan taşkil etilgan «Iqtidorli yoşlar» Respublika forumi ham uşbu maqsadlarga qaratilgan.

— Yurtimizdagi barça yoşlarning taşabbus va iqtidorlarini namoyon etişlari uçun qulay şart-şaroit yaratiş, innovatsion loyihalarini işlab çiqarişga keng jalb etiş, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar bilan özaro muloqot maydonini yaratiş, jamiyatda özlarining munosib örinlarini topişlari uçun yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning ustuvor yönalişlaridandir, — deydi Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Qahramon Quranboyev. — Mazkur forum iqtidorli yoşlarni Respublikada amalga oşirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarda faollikka çorlaş, xalq manfaatlari uçun butun kuçini, bilimi va imkoniyatlarini safarbar qila oladigan taşabbuskor, şijoatli yoşlar safini kengaytirişga xizmat qiladi.

Foto: Özbekiston yoşlar ittifoqi
Foto: Özbekiston yoşlar ittifoqi

Forum davomida iqtidorli yoşlarga şö'balarga bölingan holda aniq fanlar, texnika va texnologiyalar, qişloq xöjaligi sohasidagi innovatsion ğoyalar va işlanmalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda farmatsevtika sohasidagi innovatsion loyihalar yönalişlarida muloqot maydoni yaratildi. Unda yoşlar öz loyihalari, ixtirolarini namoyiş etişdi.

—Iqtidorli yoşlarimiz forum orqali özaro muloqot qilib, yangiliklar bilan tanişiş barobarida amaliy tajribalar almaşdi. Köplab kaşfiyotlar orasida öz loyihasidagi kamçiliklarni anglab yetgan iştirokçilar ham böldi. Aksariyat texnologiyalar dunyo standartlarida  belgilangan talablarga javob bera olmaydi. Ammo ularning iqtidorini söndirmaslik uçun qolaversa, kuçli raqobat maydoni yangidan-yangi innovatsion ğoyalarni uyğotişi uçun ularga qatnaşiş çeklovi qöyilmadi. – deydi Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi bölim mudiri Bahodir Kuçarov. — 4 ta yönaliş böyiça eng yaxşi 20 ta ixtiro amaliyotga tatbiq etiş uçun saralab olinib, islohotlarni jadallaştiruvçi ilğor innovatsiyalar Özbekiston  yoşlar ittifoqi qoşida taşkil etilişi közda tutilgan Fond tomonidan amalga oşiriş uçun moliyalaştiriladi.