18 oktabr kuni soat 8:10 atrofida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi «Yoşlar markazi»ning ikkinçi qavatida yonğin sodir böldi.
Samarqand viloyati Yonğin xavfsizligi boşqarmasi ma'lumotiga köra, voqea joyiga yetib borgan yonğin xavfsizligi bölinmalari soat 9:20da yonğinni bartaraf etişgan. Binoning ikkinçi qavatida joylaşgan «Kovorking markazi»ning 60 kv.m. plastikli şifti va tunukali tom qismi yonğindan zarar körgan.
Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Voqea joyiga Payariq tumani hokimi, Samarqand viloyati IIB YoXB, tuman prokuraturasi va boşqa tegişli taşkilotlar vakillari yetib borişgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uçun, «Kovorking markazi» şu yilning avgustida foydalanişga topşirilgandi.













