«Çelsi» klubi va Italiya terma jamoasi sobiq boş murabbiyi Antonio Konte «Real»ni boşqarişi mumkin.

Corriere dello Sport xabariga köra, madridliklar italiyalik mutaxassis bilan aloqaga çiqib, duşanba kuni muzokara ötkazişgan.

Ayni paytda Konte «Çelsi» klubi bilan sudlaşmoqda. Mutaxassis şartnomani muddatidan oldin bekor qilingani uçun «köklar»dan 10 million yevro undirib olmoqçi.

Telemadrid xabariga köra, «Real»ning sobiq futbolçilaridan biri, 1994-96 yillarda Madrid şarafini himoya qilgan Mikael Laudrup ham klubga yordam beriş istagini bildirgan. Murabbiylik faoliyati davomida «Xetafe», «Spartak», «Malorka» va «Suonsi» kabi klublarda işlagan daniyalik 54 yoşli mutaxassisning oxirgi klubi Qatarning «Al-Rayyan» klubi bölib turibdi, u bu klubni ötgan mavsum yakunlariga köra tark etgan.

Xulen Lopetegi «Real»ga şu yilning 15 iyunida boş murabbiy etib tayinlangandi. U klubga murabbiy bölişi haqidagi xabar ortidan jahon çempionati boşlanişiga bir kun qolganida mojaroli tarzda Ispaniya terma jamoasi boş murabbiyligidan böşatildi.

«Real» Ispaniya çempionatida 8 turdan keyin 14 oçko töplagan holda turnir jadvalida 4-örinda joylaşib turibdi. Jamoa oxirgi 4ta öyinda biror marta gol urolmagan.

Oxirgi xabarlarda agar «Real» 28 oktabr kuni keçadigan öyinda «Barselona»ga mağlub bölsa, klub rahbariyati Lopetegini iste'foga çiqarişi aytilgandi.