Paxta, sarxil mevalar, şarqona şirinliklar va tansiq taomlar Özbekistonning öziga xos milliy brendi hisoblanib, Rossiyaning har bir burçagida sevimli va ardoqli. Özbekiston iqtisodiyotining boşqa muhim tarmoği – toğ-metallurgiya majmuasi mahsulotlari esa dunyo iqtisodiyotida ham muhim örin egallaydi, deydi Rossiya eksport markazi boş direktori Andrey Slepnev ÖzAga bergan intervyusida.
"Mamlakatingiz Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat va toğ-kon uskunalari, dori-darmon va gigiyena vositalari, örmon sanoati mahsulotlarining yirik iste'molçisi. Rossiya bilan Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama savdo jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda: 2017 yilda uning hajmi 3,65 milliard dollarni, ösiş sur'ati esa 2018 yilning 8 oyi mobaynida ötgan yilning mos davridagi körsatkiçga nisbatan 30,3 foizni taşkil qildi. Şu bilan birga, Rossiyadan Özbekistonga import hajmi 40 foizga, Özbekistondan Rossiyaga eksport 8,6 foizga ortdi. 2018 yilda Rossiyadan Özbekistonga yuqori import sur'atlari mamlakatingizda amalga oşirilayotgan keng kölamli quriliş işlari bilan izohlanmoqda: yetkazib berilgan eksport tovarlarining asosiy qismi çoksiz pölat quvurlar (+444,8 foiz), şuningdek, buldozer, ekskavator va yöl-quriliş maşinalari (+264,1 foiz) hissasiga töğri kelmoqda. Rossiya eksportining 80 foizdan ortiği esa noxomaşyo noenergetik tovarlar hissasiga töğri kelmoqda. Yuqorida qayd etilgan yönalişlardan taşqari Rossiyaning alyuminiy va uning qotişmasidan tayyorlangan buyumlar, elektrotexnika tovarlari, şakar, taxta va yoğoç materiallariga ham yuqori talab saqlanib qolmoqda", - deydi Rossiya eksport markazi Boş direktori.
Şuningdek Slepnevning sözlariga köra, RF prezidenti Vladimir Putin Özbekistonga Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim va işonçli şerigi sifatida qaraydi.
"Uni Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan juda yaxşi konstruktiv va döstona munosabatlar boğlab turadi, ular bir neça bor xalqaro forum, sammit va konferensiyalarda ham uçraşdi. Xalqaro ekspertlarning fikriça, mamlakatingizda yaqin yillar içida YaIMning keskin – yiliga 6 foizgaça oşişi kuzatiladi. Rossiya Özbekiston iqtisodiyotini mustahkamlaşdan manfaatdor: mamlakat qançalik boy bölsa, uning import qudrati ham ortib boradi, aholining iste'mol darajasi yuqori böladi, u köproq sayohat qiladi. Köpçilik özbeklar rus tilini yaxşi bilgani, mamlakatlarimiz madaniy meros sohasida muştarak jihatlarga ega ekanidan kelib çiqib, Rossiya mamlakatingiz fuqarolari uçun asosiy sayyohlik marşrutlaridan biriga aylanişiga işonçimiz komil", - deya ta'kidlaydi u.












