Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoshiqchi ishi. AQShdagi muzeylar Saudiya pullaridan bosh tortmoqda
Foto: The New York Times
AQShdagi Metropoliten-muzey va Bruklin muzeyi saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolib qolishi sababli Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtirishdan bosh tortadi. Bu haqda Amerikaning The New York Times gazetasi yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, Qoshiqchining yo‘qolishidan so‘ng jamoatchilik orasida yuzaga kelgan shov-shuv muzeylarni Saudiya pullaridan bir nechta tadbirlarda - suriyalik qochqinlarga bag‘ishlangan Bruklin muzeyidagi ko‘rgazma va O‘rta Sharq san'ati bo‘yicha Metropoliten muzeyidagi seminarni tashkillashtirishda bosh tortishga undadi.
«Ushbu muhokama va keyingi jamoatchilik kollokviumi (o‘quvchilarning, studentlarning bilimini aniqlash va oshirish maqsadida o‘tkaziladigan suhbat - tah.) tashqi vositalar bilan qo‘llab-quvvatlangan, so‘nggi voqealar asosida biz muzeyning o‘zi bu tadbirlarga homiylik qilishiga qaror qildik», - deya ma'lum qildi Metropoliten-muzey prezidenti va bosh ijrochi direktori Deniyel Veys.
O‘z navbatida, Bruklin muzeyining vakillari ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni mablag‘laridan «Suriya, o‘shanda va bugun: qochqinlarning bir asrlik tarixi» (Syria, Then and Now: Stories from Refugees a Century Apart) ko‘rgazmasini tashkillashtirishda foydalanilmaydi.
Qayd etilishicha, ushbu muzey dasturlari dastlab Saudiya hukumati bilan bog‘liq guruhlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada Jamol Qoshiqchining jasadi qoldiqlari qidirilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:14 / 24.03.2026
“Kvotalarni yildan yilga oshirsak bo‘ladi” – Behzod Musayev AQSh bilan pilot loyiha haqida
15:13 / 24.03.2026
Saudiya AQShga aviabazani ochdi, BAA esa Eron aktivlarini cheklamoqda
22:19 / 23.03.2026
Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa – Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi haqida
16:22 / 23.03.2026