16 oktabr kuni Turkmaniston delegatsiyasi Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelib, prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkazdi.
Bu haqda 19 oktabr kuni hukumat yiğilişida boş vazir örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov ma'lum qildi, deya xabar beradi Turkmaniston davlat axborot agentligi.
Ta'kidlanişiça, Şavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga salom yöllab, Özbekiston Turkmaniston bilan döstona munosabatlarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan. Şu bilan birga, joriy yilning aprel oyida Turkmaniston prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi vaqtida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi.
Turkmaniston delegatsiyasining Toşkentga taşrifi doirasida Taşqi işlar vazirliklari örtasidagi ikki tomonlama maslahatlaşuvlar bölib ötdi, ularda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda turkman-özbek muloqotini yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Şu bilan birga, 2019 yil Özbekistonda bölib ötadigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining sammitiga tayyorgarlik köriş va kun tartibiga oid masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
«Şu munosabat bilan qöşni davlatlar bilan döstlik va özaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş Turkmaniston taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekani bildirilib, prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Özbekiston Respublikasi bilan teng huquqli asosdagi hamkorlikning strategik xususiyatini mamnuniyat bilan ta'kidladi», - deyiladi agentlik xabarida.












