Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida jinoiy guruh faoliyatini taşkil etişda ayblangan şaxslar qölga olindi. 

Foto: Surxondaryo viloyati IIB JQB

Ma'lum bölişiça, Jarqörğondagi «Uzumzor» mahallasida yaşovçi E.A Termiz neft bazasining şu tumandagi filiali (Jarqörğon neftebaza unitar korxonasi) sobiq rahbari M. ismli şaxsga 2014 yilda 15 million söm miqdorida qarz bergan. Ötgan vaqt davomida u qarzini ololmagan. U 17 oktabr kuni Surxondaryo viloyati IIBga murojaat qilgan.

Surxondaryo viloyati IIB JQB «Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş» bölimi ariza asosida iş olib borib, batafsil ma'lumot yiğadi.

Ma'lum bölişiça, Jarqörğon tumani «Obod» mahallasida yaşovçi T.N. tomonidan E.A.ga tahdidli qönğiroq bölgan. U EA.ni «Uzumzor» mahallasida yaşovçi A.H.ning uyiga çaqirgan. E.A. aytilgan manzilga borganida, T.N. va A.H. uni tumanning çekkaroq qismida joylaşgan adirlikka majburlab olib borişgan. U yerda E.A.ning öziga qabr kavlatişgan. Uni oyoq-qölini boğlab tiriklay kömib taşlaş bilan qörqitişgan. Bunga sabab sifatida M. dan 15 million söm pulni sörab, uni xalq oldida obrösizlantirganini körsatişgan. Tirik qoliş uçun qarzdan voz keçişi va «Kobalt» rusumli avtomaşinasini sotib pulini, özlariga olib kelib berişni tayinlaşgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB JQB

Jon aççiğida qörqib ketgan E.A. şartlarga rozi bölgan. Avtomaşinasini 50 million sömga sotgan. Pulning 37 million sömi va maşinaga tegişli ba'zi jihozlarni T.N. va A.H.ga keltirib bergan. Arizaçining aytişiça, T.N. qolgan 12 million sömni tez fursatda olib kelmasa, oila a'zolari bilan yöq qilib yuboriş bilan qörqitgan. E.A. esa tegişli taşkilotga murojaat qilişga majbur bölgan.

Şundan söng, Surxondaryo viloyati IIB JQB «Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş» bölimi tomonidan tezkor tadbir uyuştirilgan. Qolgan mablağning 1 million sömi guruh a'zolariga topşirilayotgan vaqtida ular qölga olingan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB JQB