Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Fedor Yemelyanenko Rossiya MMA Uyuşmasi prezidentligidan iste'foga çiqib, taşkilot kuzatuv kengaşi raisi lavozimini egalladi. Bu haqda TASS uyuşma matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, keça, 20 oktabr kuni taşkilotning navbatdan taşqari konferensiyasi bölib ötgan va unda bunga qadar vitse-prezident lavozimida işlab kelgan Radmir Gabdullin taşkilot rahbarligiga saylangan. Tez orada Fedor Yemelyanenko boşqaradigan kuzatuv kengaşi tarkibi şakllantirilişi aytilmoqda.

Yemelyanenko Rossiya MMA Uyuşmasining birinçi prezidenti hisoblanadi. U taşkilot tuzilganidan buyon – 2012 yildan beri uşbu lavozimda işlab kelayotgan edi.

42 yoşli amaldor, şuningdek, sportdagi faoliyatini ham davom ettirmoqda. U 44 ta jang ötkazib, ulardan 38 tasida ğalaba qozongan (29 tasi muddatidan oldin), 5 marta mağlub bölgan. Yana bir jang natijasi esa bekor qilingan. U Pride taşkiloti tomonidan ötkazilgan turnirlarda 2003 yildan 2007 yilgaça uzluksiz çempion bölgan.

Eslatib ötamiz, Yemelyanenko ötgan yakşanbada amerikalik Çeyl Sonnen bilan jang ötkazib, raqibini birinçi raunddayoq polga qulatgan edi. Uşbu ğalabasi bilan u Bellator Gran-Prisi finaliga yöl olgan. Hal qiluvçi bahsda rossiyalik jangçi 2019 yilning 27 yanvar kuni boşqa bir amerikalik sportçi Rayan Beyder bilan töqnaş keladi.