Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Fedor Yemelyanenko Bellator Gran-Prisi yarim finalida amerikalik Çeyl Sonnenni mağlubiyatda uçratdi.
Nyu-Yorkda ötkazilgan jangning birinçi raundida Yemelyanenko bir zarba bilan raqibni polga qulatdi.

U amerikalik jangçiga ustma-ust zarbalar tuşira boşlaganida, referi jangni töxtatdi.
ヒョードル×ソネン=決着シーン RT @Maldobabo Fedor Emelianenko (38-5, 1 NC) eliminates Chael Sonnen in the first round! Advancing to the Heavyweight GP finals, "The Last Emperor" is 7-1 in his last eight. #Bellator208 pic.twitter.com/a58UCir1a7
— MMA.vaobhr (@vaobhr) 14 oktabrya 2018 g.
Yarim finalning ikkinçi jangida Rayan Beyder amerikalik Mett Mitrion ustidan ğalabaga erişdi.
Yemelyanenko şu yilning aprelida turnir çorak finalida boşqa bir amerikalik Frenk Murni mağlubiyatga uçratgandi.
Bu 42 yoşli Yemelyanenkoning faoliyatidagi 38-ğalaba böldi. U janglarning 5tasida mağlub bölgan. Rossiyalik sportçi Pride taşkiloti tomonidan ötkazilgan turnirlarda 2003 yildan 2007 yilgaça uzluksiz çempion bölgan.











