Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
El Klasikoga bosh hakam tayinlandi
La Liga Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Barselona» – «Real» o‘yiniga rasmiylarini tayinladi.
Bellashuvni Xose Mariya Sanches Martines bosh hakam sifatida boshqaradi. May oyida, «Kamp Nou»da o‘tkazilgan so‘nggi El Klasikoni (2:2) boshqargan Alexandro Xose Ernandes Ernandes bu safar video-yordamchi sifatida ishlaydi.

35 yoshli Sanches «Barselona» bilan «Real» o‘yinlarini 2 marta boshqargan. O‘tgan yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi bahsida «Real» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2017 yilning dekabr oyida «Barselona» safarda 3:0 hisobida zafar quchgan edi.
«Barselona» – «Real» o‘yini yakshanba, 28 oktabr kuni soat 19:15da boshlanadi.
Mavzuga oid
11:47 / 13.02.2026
«Barsa» yirik hisobda yutqazdi, «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
23:19 / 11.02.2026
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026