Ispaniya: «Barselona» töxtaş nimaligini bilmayapti

«Barselona» – «Rasing» 7:2
Gollar: Joau Kanselu, 8 (1:0). Rafinya, 25 – penalti (2:0). Guye, 30 (2:1). Vilyalibre, 36 – avtogol (3:1). Rafinya, 42 (4:1). Zabiri, 65 (4:2). Rafinya, 67 – penalti (5:2). Gabriel Jezus, 79 (6:2). Yamal, 89 (7:2)
Aniq ijro etilmagan penalti: Yamal, 45’
«Barselona»: X. Garsiya (Şçensni, 46), Kristensen, X. Martin, Joau Kanselu (Balde, 78), E. Garsiya, Rodri (Gavi, 61), Pedri (Bernal, 61), Olmo, Adeyemi, Yamal, Rafinya (Gabriel Jezus, 69)
«Rasing»: Agirresabala, Gonsales (Salinas, 86), Pedru Felipe (Visente, 59), A. Martin, Ernando, Prati, Guye, Sayns-Masa (Guliaşvili, 78), Kanales, Arana (Luke, 59), Vilyalibre (Zabiri, 59)
Ogohlantirişlar: Yamal, 45. Adeyemi, 60. Joau Kanselu, 69 – Pedru Felipe, 23. Zabiri, 61

«Barselona» bu mavsumda çegara bilmayapti. Jamoa La Ligadagi barça öyinlarda ğalaba qozonmoqda va raqiblarni şunçaki tor-mor etmoqda. Bu safar kataloniyaliklar yölidan çiqib qolgan debyutant «Rasing» 7 ta töp qabul qilib oldi. Holbuki uşbu jamoa mavsumni yaxşi boşlagan va beş turda 7 oçko jamğargandi.

Flik hozirça asosiy yetakçilarga dam beriş haqida öylamayapti. Faqat himoyada Kubarsi, Kunde va Espartga dam berildi, ammo hujum çiziğida Yamal, Rafinya, Olmo va Adeyemi kabi futbolçilar tuşişda davom etdi. Rafinya 3 ta gol urdi va töpurarlar poygasida 9 gol bilan yaqqol yetakçiga aylandi, gol+pas tizimida 9+3 körsatkiçiga ega (YeÇLdagi gollari bilan qöşib hisoblaganda jami 11 gol), Yamal dublni rasmiylaştirib, 8 gol bilan undan keyingi ikkinçi öringa joylaşişi mumkin edi, ammo penaltidan foydalana olmadi (unda 7+5). Yozgi transferlar oxirida «Arsenal»dan sotib olingan Gabriyel Jezus ham şu kuni la ligadagi gollar hisobini oçişga erişdi.

Umuman, «Barselona» bu mavsumda Yevropaning eng köp gol urgan jamoasi bölib turibdi: 7 öyinda (la ligada 6, YeÇLda 1) 33 gol urgan va 6 ta ötkazib yuborgan. Bu öyinlardan beştasida kamida 5 tadan gol urgan.

Şu bilan birga, jamoa hozirça jiddiy raqib sinovidan ötmadi, keyingi turda «Sevilya» maydoniga safar qilinadi.

«Atletiko» – «Osasuna» 4:0
Gollar: