Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, Jo‘yzar kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirilgan, yana 10 kilometrida ishlar davom etmoqda. Loyiha natijasida yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkoniyati yaratiladi. Shu hududning o‘zida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirilgan.

Shayxoncha mahallasida esa 240 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etildi.

Tashrif davomida Buxoroning turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan qator yangi tashabbuslar ham muhokama qilindi. Xususan, Afshona majmuasi, etno-uylar tashkil etish, Jo‘yi Muliyon kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinida mehmonxonalar qurish va turizm klasterlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

«Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir», - dedi Saida Mirziyoyeva.

Tashrif yakunida Buxoroi sharifning Yetti pir qadamjolari ziyorat qilindi.