21 oktabr kuni Ispaniya La Ligasida 9-turning törtta uçraşuvi bölib ötdi.
Oxirgi tört öyindan buyon ğalaba qozona olmay kelayotgan «Xetafe» bu turda autsayder «Rayo Valekano» mehmoni bölib, 2:1 hisobida ğalaba qozondi. «Eybar» maydoniga safar qilgan «Atletik» esa 1:1 hisobida durang öynadi. Basklarning 1-turdagi ğalabasi hamon sönggi muvaffaqiyat bölib qolmoqda. Jamoa şu hafta örtasida 3-turning keçiktirilgan bahsida «Rayo Valekano» bilan kuç sinaşadi.
Keça, şuningdek, boşqa bir autsayder - «Ueska» klubi ham navbatdagi mağlubiyatini qabul qilib oldi: «Espanol» safarda Borja Iglesiasning (yuqoridagi suratda) dubli evaziga ğalaba qozonib, musobaqa jadvalida ikkinçi öringa kötarilib oldi. Kunning sönggi öyinida «Valyadolid» minimal hisobda «Betis»ni mağlub etdi va 6-poğonani band etdi. Endi uşbu ikki ğolib jamoa keyingi turning ilk öyinida özaro kuç sinaşadi.
«Espanol» va «Real Valyadolid»ning keçagi ğalabalaridan söng Madridning «Atletiko» va «Real» klublari mos ravişda beşinçi va yettinçi örinlarga tuşib qoldi.
Ispaniya çempionati
9-tur, 21 oktabr
Rayo Valekano – Xetafe 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 63 Fulke, 0:2 – 67, avtogol Akeme, 1:2 – 74 de Tomas.
Çetlatiş: Trexo (90, Rayo Valekano).
Eybar – Atletik 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17, penalti Şarles, 1:1 – 21 Inyaki Uilyams.
Ueska – Espanol 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 41 Iglesias, 0:2 – 64 Iglesias.
Betis – Valyadolid 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 35 Antonito.

19 oktabr
Selta – Alaves 0:1 (0:0, 0:1)














