Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Los-Anjyeles ostidagi yer osti tunnelining ochilish sanasini e'lon qildi
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘zining yana bir kompaniyasi - The Boring Company'ning birinchi tunneli qachon ochilishini ma'lum qildi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Birinchi tunnel deyarli tayyor. 10 dekabrda ochiladi», - deya yozgan Mask.
Reuters agentligining aniqlik kiritishicha, gap Xotorn - Los-Anjyeles yonidagi, xuddi shu nomdagi okrugda joylashgan tunnel haqida ketmoqda.
Maskning fikriga ko‘ra, The Boring Company tomonidan burg‘ilanayotgan, Amerikaning yirik shaharlari ostidagi tunnellar avtomobilchilarga tezroq va tirbandliklarsiz harakatlanish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask o‘zini 20 mln dollarlik jarimaga tortgan idoraning ustidan kulgandi.
Mavzuga oid
08:17 / 01.06.2026
Mask: AQSh armiyasi Starlinkʼni kamikadze dronlarda qo‘llagan
23:39 / 18.05.2026
Ilon Mask sudda OpenAI rahbari Sem Altmanga yutqazdi
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
22:36 / 10.03.2026