2026 yil 12 iyunda SpaceX kompaniyasi IPO — aksiyalarni fond birjasida birlamçi ommaviy joylaştirişni muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Şundan söng, Ilon Maskning boyligi 1 trillion dollardan oşdi va SpaceX, Tesla, xAI va Neuralink asosçisi rasman dunyodagi birinçi trillionerga aylandi. Bu haqda Forbes, Bloomberg va Reuters naşrlari xabar berdi.

SpaceX tarixdagi eng yirik ommaviy aksiya joylaştirişlardan birini amalga oşirdi. Kompaniya aksiyalarning har birini 135 dollardan joylaştirib, 75 milliard dollar mablağ jalb qildi. Şu bilan birga, IPO paytida SpaceX kompaniyasining bahosi (valuation) taxminan 1,77 trillion dollarni taşkil etdi.

SPCX aksiyalari savdolarning dastlabki soatlaridayoq sezilarli ösişni namoyiş etib, 150-166 dollar darajasiga kötarildi.

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasidagi uluşi (opsionlar va super ovozli aksiyalarni hisobga olgan holda taxminan 42 foiz) faqat joylaştiriş narxida 866 milliard dollardan ortiq baholanmoqda. Tesla aksiyalari paketi va boşqa aktivlarni hisobga olgan holda, tadbirkorning umumiy boyligi 1 trillion dollardan oşdi.

IPO jarayonidan oldin, Forbes va Bloomberg ma’lumotlariga köra, uning boyligi 780-826 milliard dollar atrofida baholangan edi.

Maskning boyligi asosan «qoğozda» qolmoqda - aktivlarning katta qismi lock-up kelişuvlari bilan tösib qöyilgan. Biroq, trillionlik körsatkiçga erişişning özi tarixiy voqea bölib, u allaqaçon yangi texnologik davrning ramzi deb atalmoqda.