Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda Rog‘un GES 1-gidroagregati ishga tushirilishi va Prezident kuni katta tantana bilan nishonlanadi
17 noyabr kuni Dushanbedagi «Navro‘zgohda» Prezident kuni bayramini nishonlash doirasida Rog‘un GES birinchi gidroagregati ishga tushirilishiga bag‘ishlangan katta konsert bo‘lib o‘tadi.
Dushanbe hokimligi matbuot xizmatining «Aziya-Plyus»ga xabar berishicha, u 16 noyabr kuni - Tojikiston Prezidenti kunida foydalanishga topshiriladi.
Bundan tashqari, Dushanbe shahar hokimi Rustam Imomali qarori bilan 16 noyabr kuni poytaxtda Prezident kuniga bag‘ishlangan bir qator boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Xususan, Tojikiston davlat mustaqilligini mustahkamlashda Imomali Rahmonning roli, uning mamlakatda tinchlik va osoyishtalikka erishishdagi hissasiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, seminarlar o‘tkaziladi, shahar kutubxonalarida prezident kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Dushanbe hokimligida shahar faollari ishtirokida tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Prezident kunida hokimlik madaniyat-istirohat bog‘lari va dam olish maskanlari, attraksionlarga kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun bepul tashriflar tashkillashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, Rog‘un GES qurilishi Tojikiston rahbarining shaxsiy nazorati ostida bo‘lib turibdi.
Birinchi ishga tushiriladigan 6-sonli agregat rotori joriy yilning iyul oyi boshida tegishli joyiga o‘rnatildi. Kutilishicha, agregatning ishga tushirilgandan keyingi dastlabki bosqichda quvvati 100 MVt.ni tashkil etadi. Uning loyihaviy quvvati 600 MVt.
Keyin 5-sonli agregatni ishga tushirish rejalashtirilgan. Ushbu tadbir kelgusi yilning aprel oyiga mo‘ljallangan.
Jami Rog‘un GESda har birining loyiha quvvati 600 MVt bo‘lgan oltita gidroagregat o‘rnatiladi.
Stantsiyaning umumiy quvvati 3600 MVt.ni tashkil etadi, bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylantiradi.
Ayni paytda Rog‘un GESning 335 metr balandlikdagi to‘g‘onini qurish ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:30 / 25.03.2026
Qo‘shtepa, Orol, Rog‘un va suv tanqisligi – vazir bilan suhbat
18:01 / 04.02.2026
Rog‘un GES Amudaryo ekotizimlari tanazzulini yuz yilga uzaytiradi – ekologlar
19:22 / 21.11.2025
«Chegara bilmas daryolar» O‘zbekiston aholisi nomidan Rog‘un GES qurilishidan shikoyat qildi
20:08 / 08.10.2025