Tojikiston öz havo hududi buzilgani, mahalliy aholi uylariga zarar yetgani va Darvoz tumanida tinç aholi vakili halok bölgani munosabati bilan Afğoniston rasmiylariga norozilik notasi yölladi. Bu haqda Tojikiston Taşqi işlar vazirligiga tayanib «Aziya-Plyus» xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, sönggi kunlarda Afğonistonning Badaxşon viloyatining çegara hududlarida, xususan, Tojikistonning Darvoz tumani bilan çegaradoş tumanlarda yuz bergan qurolli töqnaşuvlar respublikaning çegaraoldi hududlari xavfsizligiga tahdid solib, xalqaro huquq me’yorlarining buzilişiga olib kelgan.
Hodisa oqibatida Tojikiston havo hududi buzilgan, turar joy uylariga şikast yetgan hamda Darvoz tumanida bir nafar tinç aholi vakili halok bölgan.
Şu munosabat bilan Afğoniston tomoniga norozilik notasi topşirildi. Hujjatda Tojikiston qat’iy norozilik bildirib, Afğoniston tomonidan sodir bölgan voqeaga jiddiy yondaşişni, Tojikiston Respublikasi davlat çegarasi daxlsizligiga rioya qilişni va bu kabi hodisalar takrorlanişining oldini oliş uçun samarali çoralar körişni talab qilgan.
«Aziya-Plyus» naşrining yozişiça, voqea Tojikistonning Darvoz tumani röparasida joylaşgan qöşni Afğonistonning Badaxşon viloyati Nusay tumanidagi qurolli töqnaşuvlar fonida sodir bölgan. 11-avgustdan buyon Nusay tumanida «Tolibon» kuçlari va nufuzli qömondon Juma Xon Fotih tarafdorlari örtasida qurolli töqnaşuvlar davom etmoqda.
13-avgust kuni Afghanistan International ma’lumotlariga köra, «Tolibon» vertolyotlari Nusay ma’muriy markazi yaqinidagi Jisang hududida Fotih odamlarining pozitsiyalariga zarbalar bergan. Şuningdek, hududga Qunduz, Balx va Kobuldan qöşimça kuçlar safarbar etilgani xabar qilingan.












