Turkiya hukumati Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida öldirilgan jurnalist Jamol Qoşiqçining qalliği Hadiça Dengizni qöriqlov ostiga oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, uşbu qarorni Istanbul gubernatori qabul qilgan. Ayolning qöriqlovga olinişining aniq sababi körsatilmagan.
Hurriyet naşrining xabar qilişiça, Dengiz Istanbul xavfsizlik boşqarmasi xodimlari tomonidan keça-kunduz qöriqlanadi.
Dengiz Turkiya fuqarosi bölib, u Qoşiqçi yöqolgan kuni u bilan birga Saudiya Arabistoni konsulligiga borgan. Qoşiqçi konsullikda Dengiz bilan nikoh quriş uçun zarur hujjatlarni rasmiylaştirişi kerak bölgan.
Saudiya Arabistoni 20 oktabrda 2 haftalik rad etişlardan keyin Qoşiqçining konsullikda ölganini tan oldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 23 oktabrda jurnalistning öldirilişi tafsilotlarini oşkor qilişga va'da bergan.













