Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda paxtaga jalb etilgan tahririyat bosh muharririning o‘g‘lini yuk mashinasi urib ketdi
«Andijonnoma» gazetasi bosh muharririning o‘g‘li Saidjahon Xoldarovni paxta terimidan qaytayotganida katta yo‘l yoqasida yuk avtomashinasi urib ketgan. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda. U shoshilinch ravishda Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga og‘ir ahvolda yotqizilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, otasi Saidahmad Shukurov bosh muharrirlik qiladigan «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari tahririyatida kompyuter operatori vazifasida ishlab kelayotgan 24 yoshli Saidjahon Xoldarov 20 oktabr, shanba kuni bir guruh hamkasblari bilan paxta terimiga borgan. Voqea soat 18 lar chamasi Qo‘rg‘ontepa tumanida, daladan qaytishayotgan chog‘da sodir bo‘lgan. Uni katta yo‘lda «ZIL» rusumli yuk mashinasi urib ketgan.
«Kun.uz» manbasining ma'lum qilishicha, paxta mavsumi boshlangandan buyon qator tashkilot, muassasa va idoralarning xodimlari yig‘im-terimda qatnashib kelishmoqda. Jumladan, «Andijonnoma» tahririyatining 10-15 nafar xodimi ham har kuni paxta terimiga jalb etib kelinmoqda.
Ma'lumot uchun, «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari Andijon viloyati hokimligining nashri hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026